Ijtimoiy sörov natijalariga köra, özbekistonliklarning 66 foizdan köproği mamlakatda korrupsiya tarqalgan, deb hisoblamoqda. Söralganlarning 29 foizi fikriça, Özbekistondagi mansabdorlarning har ikkinçisi poraxördir. Oliy Majlis yuqori palatasi raisi Niğmatilla Yöldoşev 2019 yil 15 iyunda Senatda bölib ötgan majlisda şu raqamlarni keltirib ötdi, deb xabar qiladi Kun.uz muxbiri.

Yöldoşev, şuningdek Transparency International taşkilotining 2018 yil uçun e'lon qilgan «Korrupsiyani his qiliş indeksi» ma'lumotlari bilan örtoqlaşdi. Uning bildirişiça, Özbekiston mazkur indeksda 100 ballik tizimda 23 ball olgan. Bu 2017 yilgi körsatkiçga qaraganda 1 ball köp, biroq umumiy reytingda Özbekiston bir poğona pastlab, 180 davlat orasida 158-örinni egallagan.

Senat raisining ta'kidlaşiça, «Ijtimoiy fikr» respublika jamoatçilik fikrini örganiş markazi tomonidan joriy yilda ötkazilgan korrupsiya böyiça sörov natijalari ham xavotirlidir. Çunki, sörovda qatnaşganlarning 66,5 foizi Özbekistonda korrupsiya singari salbiy holat tarqalgan, deb hisoblamoqda. Qariyb 17 foiz iştirokçilar korrupsiya hamma joy va sohalarni qamrab olgan, degan fikrda bölsa, söralganlarning 29 foizi mansabdorlarning har ikkinçisi korrupsioner, deb hisoblaydi. 

«Siz va bizni mas'ul sifatida öylantiradigan yana bir körsatkiç borki, u barçamizni tom ma'noda ogohlikka çaqirişi kerak. Sörovda iştirok etganlarning 26 foizi mamlakatda korrupsiyaga qarşi ötkazilayotgan kuraşda oçiqlik va oşkoralik, uni ommaviy axborot vositalarida yoritiş işlari yetarli emas va bu holat korrupsiyaning asosiy sabablaridan deb hisoblaydi», - dedi Niğmatilla Yöldoşev.