Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy yaqin vaqt içida Donbass infrastrukturasiga investitsiyalar kiritilişini ma'lum qildi. 

«Bu haqda barça xorijiy investorlar bilan gaplaşaman», — dedi Ukraina prezidenti Mariupolda bölib ötgan biznes va yoşlar vakillari bilan uçraşuvda.

Zelenskiy hozirda mamlakatda kiçik va örta biznesni rivojlantirişga xizmat qiladigan «islohotçi» qonun loyihalari ustida iş olib borilayotganini qayd etdi.

May oyida Berlindagi iqtisodiy tadqiqotlar instituti iqtisodçilari Donbassning uruş harakatlari bölib ötgan davrdagi iqtisodiy yöqotişlarini hisoblab çiqişdi. Ekspertlarning hisob-kitoblariga köra, 2013-2016 yillarda Donetsk oblastida yalpi hududiy mahsulot kişi boşiga hisoblaganda 43 foizga, Lugansk oblastida esa 52 foizga qisqargan.