16 iyun kuni Bangladeş Xalq Respublikasi Prezidenti Muhammad Abdul Hamid mamlakatimizga taşrif buyurdi. Oliy martabali mehmonning safari Buxorodan boşlandi.

Tohir Istatov / ÖzA
Tohir Istatov / ÖzA

“Buxoro” xalqaro aeroportida Bangladeş rahbari va uning hamrohlarini Özbekiston Respublikasi Boş vazirining örinbosari Aziz Abduhakimov, Buxoro viloyati hokimi Öktam Barnoyev va Bangladeşning mamlakatimizdagi elçisi Mas'ud Manan kutib oldilar.

Foto: Erkin Yodgorov / ÖzA

Xorijlik mehmonlar Buxoroda böliş doirasida buyuk ajdodimiz, Naqşbandiya tariqati asosçilaridan biri Bahouddin Naqşband tarixiy majmuasini ziyorat qilişdi. Şuningdek, ular qadimiy Ark qal'asi, Poyi Kalon majmuasi, Labi Hovuz ansambliga taşrif buyurişdi.

Tohir Istatov / ÖzA
Tohir Istatov / ÖzA

Bangladeş prezidentining ta'kidlaşiça, uning prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev bilan 15 iyun kuni Duşanbeda bölib ötgan Osiyoda hamkorlik va işonç çoralari böyiça xalqaro kengaşning beşinçi sammiti yiğilişi doirasida ötgan uçraşuvi yakunida mamlakatimiz rahbari uni Özbekistonga taklif qilgan va u bu taklifni bajonidil qabul qilgan.

Muhammad Abdul Hamid Özbekistonda yuksak darajada kutib olingani uçun öz minnatdorligini bildirgan.