ÖzPFL boş direktori Omon Ğofurov boşqa işga ötayotgani munosabati bilan lavozimidan böşaş haqida ariza yozdi.

Ğofurov 2017 yilning 10 oktyabridan buyon taşkilotga rahbarlik qilib kelayotgan edi.

«Ötgan vaqt davomida mamlakat futbolini rivojlantiriş yölida qölimizdan kelgança işladik. Mana şu davrda yelkama-yelka mehnat qilgan jamoamizga öz minnatdorçiligimizni bildiraman.

Maşaqqatli yölda ÖFAning yangi rahbariyatiga kuç-quvvat, omad va zafarlar tilayman.

Iş bor joyda albatta xato va kamçiliklar ham böladi. Buning uçun mamlakat futboli jamoatçiligidan, futbol muxlislaridan uzr sörayman. Özbekiston futboli va uning muxlislari katta ğalabalarga munosib. Hammasi uçun rahmat», — degan Omon Ğofurovning sözlarini keltirdi PFL rasmiy sayti.

Eslatib ötamiz, ötgan hafta ÖFA vitse-prezidentlari Umid Ahmadjonov va Pölat Bobojonov ham lavozimini tark etgan, ularning örniga vaqtinça FIFA referisi Ravşan Ermatov hamda Içki işlar vazirining Jamoat tartibini saqlaş böyiça örinbosari Muhiddin Jörayev saylangan edi.

Şuningdek, ÖFA Boş kotibi Sardor Rahmatullayev ham mansabini topşirdi va uning örnida Avaz Maxsumov iş boşladi.