«Real» «Mançester Yunayted»dan yarimhimoyaçi Pol Pogba transferini amalga oşiriş ustida iş olib bormoqda.

Marca`ning darak berişiça, «qirollik klubi» 26 yoşli xavbekni 1 iyulga qadar öz safiga qöşib olişni möljallayapti. Klub şu orqali Pogba mavsumoldi tayyorgarligini töliq yangi jamoasida ötkazişiga erişiş istagida.

Ta'kidlanişiça, «MYu» jahon çempioni bilan xayrlaşişga osonlikça könmasligini Madriddagilar yaxşi tuşunib turişibdi. «Qizil iblislar» unga 170 mln yevro narx belgilagan. Biroq transfer 150 mln yevroga amalga oşişi mumkin.

Avvalroq Pogba özini yangi joyda sinab körmoqçi ekanini aytgan, buning ortidan sobiq klubi «Yuventus» uning uçun kuraşdan çiqqani xabar qilingan edi.