Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi Human Righs Watch nohukumat taşkilotining Özbekistondagi vakili Stiv Sverdlov bilan röy bergan hodisa yuzasidan axborot berdi.
«Taşqi işlar vazirligiga Human Righs Watch nohukumat taşkilotining Özbekistondagi vakili Stiv Sverdlov bilan 2019 yilning 13 iyun kuni Toşkent şahrida sodir bölgan voqeaga doir murojaati kelib tuşdi.
Ayni paytda mazkur masala har tomonlama örganilmoqda. Örganişlar yakuniga köra amaldagi qonunçilikka muvofiq tegişli çoralar köriladi.
Özbekiston tomoni Human Righs Watch’ning mamlakatimizdagi faoliyatini qöllab-quvvatlaydi hamda u va boşqa huquqni himoya qiluvçi taşkilotlar bilan hamkorlikni davom ettiradi», deyiladi vazirlik xabarida.
13 iyun kuni ertalab videobloger Sardor Komilov va uning yordamçilari Stiv Sverdlov Toşkentda yaşayotgan mehmonxonaga borgan, uni örab olib, söroqqa tutgani tasvirlangan video tarqalgandi.
15 iyun kuni Human Righs Watch taşkiloti öz xodimi Özbekistonga inson huquqlarining buzilganlik darajasini örganiş uçun kelganida agressiv tahdidlarga nişon bölgani töğrisida bayonot bergandi.











