Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp saylovoldi shtabining bir necha xodimi ma'lumotlar sizib chiqishi sababli bo‘shatiladi
AQSh prezidenti Donald Tramp saylovoldi shtabi prezidentning past reytingidan guvohlik beruvchi ichki ma'lumotlarning sizib chiqishi sababli jamoatchilik fikrini o‘rganish bo‘yicha bir qator mutaxassislari xizmatlaridan voz kechadigan bo‘ldi. Bu haqda NBC telekanali xabar berdi.
Manbalar ma'lumotlariga ko‘ra, gap shtab tomonidan joriy yilda avvalroq to‘plangan va e'lon qilish uchun mo‘ljallanmagan ma'lumot haqida bormoqda. Biroq ushbu ma'lumot mart oyida The New York Times nashri, ABC va NBC telekanallari va boshqa bir qator OAV jurnalistlari qo‘liga tushgan. Bu ma'lumotlarga ko‘ra, Tramp 11 ta shtatda saylovchilar orasida ommaviylik bo‘yicha sobiq vitse-prezident Jo Baydendan ortda qolmoqda. Bayden navbatdagi prezident saylovlariga demokratik partiyadan nomzodi ilgari surilishi mumkin va hozirda Trampning eng kuchli raqibi hisoblanadi.
Ma'lumotlarning guvohlik berishicha, prezident saylovlari natijalariga muhim ta'sirga ega hisoblangan ba'zi shtatlarda Bayden Trampni qo‘llab-quvvatlanish bo‘yicha 10-15 foizga ortda qoldirmoqda. Tramp shtabi vakillari ushbu ma'lumotlar eskirib qolganini aytishgan.
Trampning o‘zi esa uning past reytingidan darak beruvchi so‘rovnoma natijalari xato ekanligini ta'kidlab o‘tgan. NBC Tramp shtabining aynan qaysi xodimlari bo‘shatilishiga aniqlik kiritmagan.
AQSh prezidentining 59-saylovlari 2020 yil 3 noyabrda bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
09:35 / 16.01.2026
Tramp G‘azo sektorida “Tinchlik kengashi” tuzilganini e’lon qildi
08:38 / 01.12.2025
Tramp urushni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv imkoniyatini “yaxshi” deb baholadi
10:40 / 25.11.2025
Livitt: Ukraina bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda, lekin prezidentlar bu hafta uchrashmaydi
08:53 / 07.11.2025