Light | 11:40 / 18.06.2019
8239
1 daqiqa o‘qiladi

McDonald’s asalarilar uchun eng mitti «restoran» ochdi

McDonald’s Shvetsiyada McHive – tarmoqqa xos restoranning mitti shaklini qurdi. Aslida bu asalari uyasi deya xabar bermoqda Adweek.

Tezkor ovqatlanish restoranlari tarmog‘i shu tariqa sayyora uchun jiddiy oqibatlarga sabab bo‘ladigan asalarilarning yo‘qolishi xavfiga e'tibor qaratmoqda.

Hasharotlar insoniyat uchun qimmatli qishloq xo‘jaligi o‘simliklarini changlantiradi, biroq ular global isish sharoitlari, shuningdek, pestitsid va parazitlardan foydalanganlik tufayli qirilib ketmoqda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid