«Tamagirlikka yo‘l qo‘yilmaydi». GM Uzbekistan avtomobillarini UzAvtosavdo orqali xarid qilishga chaqirdi
GM Uzbekistan kompaniyasi xaridorlarga avtomobillarni «Uzavtosavdo» mobil ilovasi orqali onlayn rejimda xarid qilish mumkinligini eslatdi va tamagirlik holatlari haqida xabar berishni so‘radi.
«Hurmatli xaridorlar!
Agarda Siz avtomobil xaridi jarayonida tovlamachilik va boshqa korrupsion harakatlarga, xususan u yoki bu modeldagi avtomobil uchun shartnomaning yo‘qligi, yetkazib berilish muddati uzoqligi kabi vajlar bilan avtomobillar xarid qilish chog‘ida qo‘shimcha pul mablag‘larini talab qilish holatlariga duch kelsangiz «GM Uzbekistan» komaniyasining ishonch telefonlari 78 141-77-77 yoxud O‘zbekiston Bosh prokuraturasining 10-07 qisqa raqamlariga murojaat qilishingizni so‘rab qolamiz.
Kompaniya bu kabi salbiy holatlarning oldini olish, avtomobillar savdosida shaffoflikni ta'minlash maqsadida «Uzavtosavdo» mobil ilovasini ishga tushirgan.
Mazkur ilova orqali xaridorga navbat raqami va dilerdagi avtomobillar soni haqida ma'lumotlar beriladi. Agar unga zarur bo‘lgan avtomashina dilerda yo‘q bo‘lsa, buyurtma to‘g‘ridan-to‘g‘ri avtomobil zavodiga yuboriladi. «Uzavtosavdo» ilovasi xaridorga barcha jarayonlarni boshidanoq nazorat qilish, o‘z navbati va avtomobilni olish sanasini bilib borish imkonini yaratmoqda.
OGOH BO‘LING! Yuqorida qayd etilgan korrupsion holatlar haqida bizni xabardor qilsangiz hamda sizning murojaatingiz o‘z tasdig‘ini topsa, siz nafaqat muammoni bartaraf etasiz, balki kompaniya tomonidan moddiy rag‘batlantirilasiz. Shaxsingiz sir saqlanishi kafolatlanadi. Faqatgina korrupsion va tamagirlik holatlari bo‘yicha +998 90 799 1991 raqamiga murojaat qiling.
Yoqimli xarid va a'lo kayfiyat tilaymiz!», deyiladi kompaniya xabarida.
Tavsiya etamiz
“Chorsu” mehmonxonasini buzish boshlandi. Bunga qancha vaqt ketadi?
O‘zbekiston | 19:03 / 18.01.2025
“Gullayotgan” avtofiribgarlik, sohadagi kuchli proteksionizm oqibati – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 09:58 / 18.01.2025
Ijtimoiy kartalarni tarqatish boshlandi. U qanaqa karta va kimlarga beriladi?
O‘zbekiston | 23:36 / 17.01.2025
Isroil HAMAS bilan kelishuv matnini e’lon qildi
Jahon | 22:06 / 17.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Apple bu yil 20 dan ortiq mahsulot chiqarishni rejalashtirmoqda
Fan-texnika | 17:40
-
Xitoyda 35 kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi qatl etildi
Jahon | 17:36
-
Janubiy Koreya o‘zbekistonlik mehnat migrantlariga kvotalarni kamaytirishi mumkin
Jahon | 17:22
-
Qozog‘istonda migrantlarni qiynoqqa solgan politsiyachilar sudlandi
Jahon | 17:06
Mavzuga oid
16:30 / 08.11.2019
«Har qanday imtiyoz muddatli bo‘lishi kerak» - Qo‘mita mutasaddisi GM’ga berilgan imtiyozlar haqida
19:00 / 24.09.2019
«O‘zavtosanoat» maqsadi 100 ming avtomobil eksport qilish – Shavkat Umurzoqov
17:36 / 24.09.2019
UzAuto yangi modellari GM bilan bir xil vaqtda ishlab chiqiladi – Shavkat Umurzoqov
17:48 / 14.08.2019