Venesuela prezidenti Nikolas Maduro oltin zaxiralarini mamlakat taşqarisiga olib çiqişga urinmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal naşri xabar berdi. 

Venesuela vakillarining ta'kidlaşiça, bozor narxi 300 mln dollarlik 7,4 tonna oltin ikkita samolyotda Ugandadagi neftni qayta işlovçi zavodga yetkazilgan.

Oltin yombilar belgilangan manzilga Rossiyaning charter laynerlarida keltirilgan. Ta'kidlanişiça, ba'zi yombilarda Venesuela markaziy banki muhri bor.

Uganda politsiyasi ma'lumotlariga köra, Entebbega keltirilgan oltin zavodda qayta işlanib, keyin Yaqin Şarqqa eksport qilingan.

Xalqaro mutaxassislarning fikriça, oltinning noqonuniy transportirovkasi Maduroga hokimiyatni uşlab turişda yordam beruvçi uning xufiyona iqtisodiyotining bir qismi hisoblanadi.

Avvalroq Sardes turk firmasi Maduroga Venesueladan 900 mln dollarlik oltinni olib çiqib ketişda yordam bergani ma'lum qilingandi.