Qöşma tergov guruhi 2014 yil iyulda Ukrainada Boeing samolyoti halokatiga aloqadorlikda gumonlanayotganlarni hibsga oliş uçun xalqaro order berdi. Bu haqda Niderlandiya milliy politsiya rahbari Vilbert Paulissen ma'lum qildi.
"Ularni hibsga oliş uçun xalqaro order berildi", - dedi u.
Tergovçilar gumondor sifatida rossiyalik Igor Girkin, Sergey Dubinskiy va Oleg Pulatov hamda ukrainalik Leonid Xarçenkolar ismlarini keltirgan.
Uşbu halokatni örganiş uçun tuzilgan tergov guruhi tarkibidan Avstraliya, Belgiya, Malayziya, Niderlandiya va Ukraina vakillari joy olgan.
Malaysia Airlines’ning Amsterdamdan Kuala-Lumpurga MH17 reysi böyiça yönalayotgan samolyoti 2014 yil yozda Ukrainaning Donetsk viloyatida halokatga uçragan. Uning bortida bölgan 298 kişining barçasi halok bölgan.












