MN17 halokati böyiça qöşma tergov guruhining xulosalari avval-boşdanoq siyosiy tusda va isbotsiz edi, dedi Malayziya boş vaziri Muhammad Maxatxir. Uning sözlarini mahalliy Malay Mail gazetasi keltirmoqda.

"Judayam xafamiz, çunki avval-boşdanoq bu Rossiyani qanday bölmasin huquqbuzarlikda ayblaşga qaratilgan siyosiy masalaga aylangan edi", — ta'kidladi Malayziya boş vaziri.

Uning eslatişiça, Moskvani "hali tergov boşlanmay turib ayblaşni boşlaşgan".

"Endi esa isbot bor deyişmoqda. Ayni paytda isbot yöq, şunçaki miş-mişlar bor", deb qöşib qöydi Maxatxir.

Tergov siyosiy tusda bölmasligi, balki isbot bilan mustahkamlanişi borasida malayziya taşqi işlar vazirligi ham bayonot berdi.

Kuni keça xalqaro tergovçilar guruhi MH17 reysi halokatiga aloqadorlikda gumon qilinayotgan tört kişining kimligini ma'lum qildi. Aytilişiça, gumondorlar Rossiya fuqarolari Igor Girkin (Strelkov), Leonid Xarçenko, Oleg Pulatov va Ukraina fuqarosi Sergey Dubinskiydir. 

2018 yil mayida tergov guruhi yölovçi samolyoti Rossiya qurolli kuçlarining “Buk” raketasidan urib tuşirilgani haqidagi xulosaga kelgan, biroq bunga kim javobgarligini örnata olmagan.

Malaysia Airlines’ning Amsterdamdan Kuala-Lumpurga MH17 reysi böyiça yönalayotgan samolyoti 2014 yil yozda Ukrainaning Donetsk viloyatida halokatga uçragan. Uning bortida bölgan 298 kişining barçasi halok bölgan. Voqeani tergov qiluvçi qöşma tergov guruhi tarkibiga Avstraliya, Belgiya, Malayziya, Niderlandiya va Ukraina vakillari kirgan.