Davlat dasturi asosida qişloq joylarda qurilayotgan yangi namunadagi hovlilar va köp qavatli arzon uy-joylar narxini bundan ortiq arzonlaştirib bölmaydi. Çunki, quriliş pudratçi taşkilotlari şundoğam katta daromad körayotgani yöq. Quriliş vaziri örinbosari Kozim Tölaganov Milliy matbuot markazida OAV vakillari bilan muloqotda ularning savollariga javob berar ekan, şunday fikrni bildirdi.

Tadbir davomida «bir neça yillar avval qurilgan namunali loyihadagi uylarni faqat yuqori maoş olgan işçi-xizmatçilar olişga qurbi yetar edi. Bugungi kunda arzon uy-joylar, deya davlat dasturi asosida uylar qurilmoqda. Bugun öşa arzon deyilgan uylarni haqiqatdan ham uyga muhtoj bölgan kişi xarid qila olyaptimi? Arzon va yangi namunadagi uylarning narxi qança», - degan savol böldi. 

«Bugungi kunga barçamiz töğri köz bilan qaraşimiz kerak. Iqtisodiyot erkinlaştirildi. Davlat tomonidan narxi uşlab turilgan sement, metall va boşqa quriliş materiallari erkin narxda. Bugun qurilayotgan arzon uy-joylarning tannarxini oladigan bölsak, quruvçilarning daromadi nol atrofida. Şaharqurilişinvest qurayotgan uylar narxining pasaytirilişi ham bunga ta'sir körsatdi va ular uçma-uç çiqmoqda. Narxni bunday pasaytirib bölmaydi. 

Bekobod metall kombinatida metallolom deyarli yöq, Rossiyadan kelayotgan xom-aşyo hisobiga işlayapti. Bu holatda narxni qanday tuşiriş mumkin? Har bir resurs, amalga oşirilayotgan işlar nazoratda. Katta daromad topyapti, deb öylamang. Yöq unday daromad», - dedi Quriliş vaziri örinbosari.

«Qişloqqurilişinvest» vakili arzon uy-joylar narxi şakllantirilişiga doir ma'lumotlar bilan örtoqlaşib, jumladan şunday dedi:

«Arzon uy-joylar narxi tannarxga boğlangan. Pudratçilar soliq imtiyozlari va boşqa imtiyozlardan daromad qilişi mumkin xolos. Şu bilan birga, bugungi kunda arzon uy-joylar uçun boşlanğiç badal 10 foiz qilib belgilangan. Bu ham uyga muhtoj kam ta'minlangan oilalar uçun imkoniyat beradi. Ular boşida qanday narxlangan bölsa, oxirigaça narxi özgarmaydi», - deya oydinlik kiritdi «Qişloqqurilişinvest» vakili.