Bugun, 21 iyun kuni Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Davlat ekologiya qömitasi va Soğliqni saqlaş vazirligi mutasaddilari iştirokida matbuot anjumani bölib ötdi.

«Transport vositalari çiqindi gazlarining inson salomatligi va atrof-muhitga salbiy ta'siri» mavzusidagi bu tadbirda qömitaning Atmosfera havosini muhofaza qiliş boşqarmasi boşliği Umidjon Abdujalilov quyidagi ma'lumotlarni berdi: «2018 yilda avtomobillarimiz tomonidan 1,5 mln tonna ifloslantiruvçi va zararli moddalar ajralib çiqqan. Atmosferaga tarqalayotgan bunday moddalarning 63 foizi transport vositalariga, qolgani sanoat va boşqa omillar hissasiga töğri keladi. Şu sababli ham bu muammoga jiddiy e'tibor qaratilmoqda. Ma'lumki yoqilği vositalari içida ekologik jihatdan eng kam zararlisi metan gazi hisoblanadi. Hozirgi kunda bizda harakatlanayotgan avtomobillarning 70 foizi aynan şu yoqilğiga moslaştirilgan. Benzinning içki yonuv dvigateli orqali yonişidan 200dan ortiq moddalar ajralib çiqsa, ularning 6-7tasi zararli va ifloslantiruvçi hisoblanadi, gazda esa bunday moddalar 3ta.
Özbekiston 2030 yilgaça yoqilği va avtomobillar böyiça «Yevro 6» standartiga ötişi kerak. Hozir benzinimiz «Yevro 2», avtosanoatimiz «Yevro 3», eksport uçun «Yevro 5» standartida işlamoqda. Lekin bu ham hamma avtomobillar uçun emas: masalan «Damas» avtomobili «Yevro 0» standartiga töğri keladi. Ammo bu «Damas»ning yomon avtomobil ekanligini anglatmaydi. «Damas» oz yoqilği sarflaydi va tabiiyki kam miqdorda zararli moddalar çiqaradi».
Tadbirda iştirok SSV boş toksikologi Abduhakim Sarimsoqov bu moddalarning inson salomatligiga ta'siri haqida gapirdi.
«Bu masalaga OAV orqali xalqimiz e'tiborini qaratişimiz juda muhim. Çunki köpçilik avtomobillar sozligi, yoqilği sifatiga e'tibor bermay maşina haydayveradi. Aslida nosoz va havoni ifloslantiruvçi avtomobillar umuman yöllarimizda yurmasligi kerak.
Ulardan ajralib çiqayotgan gazlar juda jiddiy muammolar tuğdiradi – onkologik kasalliklar, oqqon, öpka kasalliklari kelib çiqmoqda», deya uning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.












