Jizzax viloyatidagi aholi xonadonlari elektr hisoblagiçlari bepul almaştirilyapti. Ta'kidlaş joiz, dunyo tajribasidan foydalanib mahalliylaştiriş dasturi asosida işlab çiqarilayotgan zamonaviy elektr hisoblagiçlar avvalgilaridan 20 dan ziyod funksiyalarni bajara olişi bilan farqlanadi. Endi xonadon sohiblari elektr ta'minoti korxonalarida uzundan-uzun navbatlarda turmaydi. Kimlargadir, nimalarnidir isbotlaşga aslo hojat qolmaydi. Bir söz bilan aytganda yangi hisoblagiçlar har tomonlama qulay va tejamkor.



«Elektr energiyasi iste'molini hisobga oliş va nazorat qilişning avtomatlaştirilgan tizimini joriy etişda xorij tajribasiga tayanilmoqda, – deydi «Jizzax hududiy elektr tarmoqlari» AJ moliya va iqtisod masalalari böyiça direktor Muhiddin Xolmurodov. – Ya'ni, bu vazifa Italiya kompaniyasi maslahati yordamida koreyalik pudratçi korporatsiya tomonidan amalga oşirildi. Birgina Jizzax viloyati uçun Osiyo taraqqiyot banki tomonidan kredit hisobiga 13.2 million AQŞ dollari miqdorida mablağ moliyalaştirilgan. Buning evaziga viloyatda 97 176 ta zamonaviy aqlli elektron hisoblagiç hamda 740 dona konsentrator yetkazib berildi. Şuningdek, 180 000 ta elektr hisoblagiçlar va apparat komplekslari örnatilişi rejalaştirilgan. Hozirda Jizzax viloyatida iş jadal sur'atda amalga oşirilib, 77907 mingdan ortiq hisoblagiç örnatildi. Ayni kunlarda viloyatimizdagi Arnasoy, Ğallaorol, Paxtakor va Ş.Raşidov tumanlarida ham yangi hisoblagiçlarni örnatiş işlari davom ettirilmoqda».



«Yangi tizim bir qator afzalliklarga ega va bu amaliyotda özini oqladi, dastlab bu yangilik viloyatimizdagi Yangiobod tumanida eksperiment tarzida şu tizim asosida iste'molçilarga elektr energiyasi yetkazib berildi. Natija şuni körsatdiki, tarmoqqa noqonuniy ulaniş va foydalaniş yöqoldi. Tölov intizomi yaxşilandi, iste'molçilarning elektr energiyasidan qarzdorligi keskin kamaydi. Ayni paytda Jizzax şahrida örnatilgan aqlli hisoblagiçlar ham avtomatlaştirilgan onlayn rejimiga ötkazilgan. Bu elektr energiyasidan foydalaniş kunlik körsatkiçlarini yiğiş va hisob-kitob tizimini avtomatlaştiriş, elektr energiyasidan foydalaniş samaradorligini oşiriş imkonini beradi. Muhimi, elektr tarmoqlari boşqarilişini yengillaştiradi, ekspluatatsiya sarf-xarajatlarini kamaytirib, iste'molçilarning elektr energiyasidan foydalanişda özlarining boşqaruv imkoniyatlarini kengaytiradi. Sodda qilib aytganda, endi iste'molçi elektr energiyasini sotib olib işlatadi. Avvalgidek, qarzdorlik yuzaga kelişiga yöl qöyilmaydi. Iste'molçining hisobida pul bölmasa, hisoblagiç avtomatik tarzda öçadi va elektr energiyasi yetkazib beriş töxtatiladi. Bundan taşqari, tarmoqda yoki foydalanilayotgan elektr uskunalari va texnikalarida nosozlik yuzaga kelsa, kuçlaniş oşib ketsa ham hisoblagiç öçadi. Nosozliklar bartaraf etilgaç, iste'molçining murojaati bilan navbatçilar tomonidan hisoblagiç qöşiladi. Buning uçun barça tuman va şaharlarda tunu kun doimiy navbatçilik yölga qöyilgan. Tölovlarni amalga oşiriş va öz hisobini bilib borişi uçun ham iste'molçilarga qulaylik yaratilgan bölib, bu haqda ularning telefoniga xabarnoma ham yuboriladi», – deydi Muhiddin Xolmurodov




















