28 fevral kuni Guliston şahri, «Namuna» MFY, Xalqlar döstligi köçasida joylaşgan «Kamronbek xojabek Nur» MÇJga qaraşli avtomaşinalarni yuviş şoxobçasida MIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir ötkazildi.

Energiya resurslaridan foydalanişning qonuniyligi yuzasidan ötkazilgan tekşiriş davomida elektr tarmoğiga ulangan elektr hisoblagiç içiga köz ilğamas holda yaşirin ravişda elektr ta'minoti hisobiga ta'sir etuvçi, pult bilan boşqariladigan çip moslamasini örnatib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelinayotgani foş etildi.

MIB Sirdaryo viloyati boşqarmasi ma'lumotiga köra, ötkazilgan suriştiruv harakatlari davomida «Kamronbek xojabek Nur» MÇJ rahbari A.Yuldaşev tomonidan ta'minot korxonasi manfaatlariga 23 mln 74 ming 605 söm miqdorida zarar yetkazilgani aniqlangan.

MÇJ rahbari sarflangan elektr energiyasiga tölanadigan pulni iqtisod qiliş maqsadida elektr hisoblagiçni yaşirin ravişda pult bilan boşqarib kelganini tan olib, qilgan işidan puşaymonligini aytgan.

«Hozirgi kunda MIBning Sirdaryo viloyat boşqarmasi suriştiruv va ma'muriy amaliyot şö'basi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib boriş jarayonida aniqlangan zarar töliq undirilib, «ixtiroçi»ga nisbatan qonuniy çora körilişi ta'minlangan», – deyiladi rasmiy xabarda.