Marğilonlik iste'molçi elektr hisoblagiçni töxtatib qöyadigan, biroq xonadonda elektr energiyasi öçmasdan bir maromda işlaşini ta'minlaydigan pult ixtiro qilganini tan olgan. Pultdan foydalaniş davlatga va oila budjetiga 14 mln. 240 ming 924 söm zarar yetkazişga sabab bölgan  

Majburiy ijro byurosining Marğilon şahar bölimi davlat inspektori öz xizmat vazifalarini Marğilon şahar, Rohat mahallasi, Bilim köçasida olib borayotgan uşbu köçada yaşovçi iste'molçi G.X.ga tegişli pod'yezdga örnatilgan elektr hisoblagiç negadir işlamayotganini aniqlagan.

Iste'molçi G.X. aniqlangan holatga e'tiroz bildira olmasdan öğli T.I.ni çaqirtirgan va şu vaqtda elektr hisoblagiç tasodifan işlab ketganligi davlat inspektorida şubha uyğotgan.

Byuroning Marğilon şahar bölimi tezkor xodimlari vaziyatni örganişganida, G.X. öğli T. I. elektr hisoblagiçni töxtatib qöyadigan, biroq xonadonda elektr energiyasi öçmasdan bir maromda işlaşini ta'minlaydigan pult ixtiro qilganini tan olgan.

Noqonuniy qilmiş davlatga va öz navbatida oila budjetiga ham 14 mln. 240 ming 924 söm zarar yetkazişiga sabab bölgan. 

Holat böyiça hozirda tegişli hujjatlar rasmiylaştirilib, tergov qadar tekşiruv olib borilmoqda.