21 iyun kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlisida iştirok etiş uçun mamlakatimizga kelgan Qozoğiston Respublikasi Boş vaziri Asqar Maminni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbari mehmonni qutlar ekan, Özbekiston bilan Qozoğiston örtasidagi döstlik va strategik şeriklik munosabatlari izçil mustahkamlanib, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida özaro manfaatli hamkorlik jadallaşib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Öz navbatida, Asqar Mamin Şavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uçun minnatdorlik bildirib, Qozoğistonning Birinçi Prezidenti - Elboşi Nursulton Nazarboyev va Prezident Qosim-Jömart Toqayevning salomlari va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Uçraşuvda qardoş mamlakatlarimiz rahbarlari darajasidagi muntazam uçraşuvlar va işonçga asoslangan muloqot ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi darajaga olib çiqişga xizmat qilib, ularni aniq amaliy mazmun bilan boyitgani ta'kidlandi.
Bugun ilk bor hukumat rahbarlari darajasida ötkazilgan Hukumatlararo komissiya majlisi savdo, investitsiyalar, qişloq xöjaligi, transport va logistika, turizm va boşqa yönalişlarda istiqbolli loyihalarni ilgari surişning samarali mexanizmi ekani qayd etildi.
Hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almaşinuvni kengaytiriş, jumladan, Özbekistonda Qozoğiston yili doirasidagi qöşma tadbirlarni ötkazişga alohida e'tibor qaratildi.
Qozoğiston Boş vaziri Asqar Mamin köp qirrali şeriklik munosabatlarini yanada mustahkamlaş va oliy darajada erişilgan kelişuvlarni sözsiz röyobga çiqariş borasidagi intilişi qat'iy ekanini ta'kidladi.













