AQŞ prezidenti Donald Tramp:" AQŞ Eronga zarba berişga tayyorlanmoqdami?", degan savolga tez kunda hammasi ma'lum bölişini aytdi. Bu haqda Reyter agentligi xabar bermoqda.

"Tez orada bilib olasizlar", - deya Trampdan iqtibos keltirdi agentlik.

Bugun Eron islom inqilobi korpusi soqçilari AQŞga tegişli razvedka dronini urib tuşirganini ma'lum qilgandi. Keyinroq AQŞ bu ma'lumotni tasdiqladi. Eron tomoni urib tuşirilgan dronning modeli RQ-4 Global Hawk ekanini aniqladi.

Eron AQŞga tegişli bölgan bu razvedka droni mamlakatning Hörmuzgoh viloyati havo sarhadlarini buzib ötgani bois urib tuşirilganini ma'lum qildi. AQŞ tomoni esa dron xalqaro havo hududida bölganini aytmoqda.

Uşbu voqeadan söng Donald Tramp «Eron juda katta xato qildi», deb yozdi tvitterdagi sahifasida.