Tsivilizatsiyaning ijobiy jihatlari insonlarga qarşi bölib çiqdi. Biroq har bir odam öz salomatligi haqida qayğursa, xavflarni kamaytirişga qodir, deydi Layfxaker.

Foto: Reuters

Hayot darajasi yuqori mamlakatlarda saraton kasaliga 1,8 foiz köproq çalinişadi. Melanoma, buyrak saratoni bilan kasallangan bemorlar soni böyiça ular rivojlanayotgan mamlakatlarni uç marta ortda qoldirişadi. Ğarb dunyosi prostata saratoni, töğri içak va kökrak bezi saratoni kasalligi böyiça yetakçilik qiladi.

Kökrak saratoni holatlarining 100 ming kişiga töğri keladigan soni.

Hayot darajasi past bölgan mamlakatlarda salbiy ösimtalarning 25 foizini odam papilloma virusi, Epşteyn-Barr virusi va 8 turdagi gerpes va boşqa infeksiyalari çaqiradi. Tibbiyot rivojlangani sayin infeksiyani yengiş usullari paydo bölmoqda. Biroq şunga qaramay, saraton bilan kasallaniş körsatkiçlari tez ösmoqda.

Viruslar örniga salbiy ekologiya va nosoğlom turmuş tarzi kelmoqda. Quyida qaysi omillar kasallikka olib kelayotganiga oydinlik kiritamiz.

Saraton paydo bölişiga nima sabab bölmoqda?

Jismoniy faollikning yetişmasligi

Butun dunyo böylab 31 foiz katta yoşdagi odamlar yetarli harakatlanişmaydi. Turmuş darajasi yuqori bölgan mamlakatlarda jismoniy faollik kamroq rivojlangan va farovon bölmaganlardagiga qaraganda pastroq.

Jismoniy faol bölmagan 15 yoş va undan katta erkaklar (foiz hisobida)
Jismoniy faol bölmagan 15 yoş va undan katta ayollar (foiz hisobida)