«Sakkizinçi»ni oldirmaslik qolgan tişlar zararlanişi va oğriqli daqiqalaringiz köpayişi ehtimolini oşirişi mumkin.
Aql tişlari nima özi va ular bizga kerakmi?
Bizga voyaga yetgan soğlom odamda 32ta tiş böladi, deb örgatişgan. Biroq, bu ança eskirgan ma'lumot.
Aslida zamonaviy tibbiyotda 28ta tiş norma hisoblanadi. Ba'zida rudimentar (qoldiq) tişlar ösişi hisobiga miqdor 32tagaça ham yetişi mumkin.
Insoniyatning stomatologik tarixiga nazar taşlasak, şunday manzara paydo böladi: qadimda odamlar xom göşt, ildiz, ösimliklarning qattiq poyasi kabilarni uzoq çaynaş orqali kun keçirişgan, buning ortidan ularning jaği va oğiz böşliği hozirgi zamon odamining jağidan bir munça kengroq bölgan. Şu sababli tepada 16ta va pastdagi yana şunça tiş bemalol örnaşgan, jami 32ta.
Biroq, vaqt ötişi bilan insonlar issiq taom tanovul qilişga ötişdi va çaynaşga qulay katta yuzali oziq tişlar yöqolişni boşladi. Şuningdek, inson miyasi ham hajman kattalaşib, jağ suyagini birmunça siqib bordi.
Barça jarayonlar natijasida jağ sohasi kiçrayib bordi. Eng çetki çaynaydigan tişlar — uçinçi oziq yoki sakkizinçilar — keraksizga aylandi. Xususan, hozirga kunda aksariyat odamlarda aql tişlari yöq. Lekin hammada ham emas.
Ba'zi odamlarning jağida ortiqça joy bölmasa ham, uşbu rudimentar tişlar milkni teşib çiqişga jon-jahdi bilan urinadi. Odatda bu holat bolalik davri tugagandan söng, 17-25 yoşda sodir böladi. Aynan şu sababli, uçinçi oziqlar aql tişlari nomini olgan.
Aql tişlarini oldiriş şartmi?
Yöq. Inson tanasida boşqa rudimentlar ham mavjud va ular bilan kelişib yaşaş vazifasini organizm juda yaxşi uddalaydi. Masalan, dumğaza suyagi, köriçak yoki quloqni qimirlatiş imkonini beruvçi muşaklar. Şifokorlarning ta'kidlaşiça, rudimentlar sizga noqulaylik tuğdirmasa, ularga tegmagan ma'qul: jarrohlik amaliyoti asorati siz kutgan foydadan yomonroq bölişi mumkin.
Ösib çiqqan aql tişlarni quyidagi holatlarda tinç qöyiş kerak:
soğlom va sizga noqulaylik tuğdirmasa;
töliq ösgan bölsa;
töğri joylaşgan bölsa (vertikal holatda: ildizi içkarida, toji taşqarida);
tozalaş oson bölsa.













