Özbekiston Milliyy matbuot markazida Quriliş vazirligi mutasaddilari iştirokida matbuot anjumani taşkil etilgani haqida avval xabar berilgan edi. Unda Kun.uz muxbiri ham iştirok etib, bir neça savollar bilan spikerlarga murojaat qildi. Xususan, ilk savol quriliş sohasida amalga oşirilayotgan işlarning şaffof va oçiqligini ta'minlaş, korrupsiyaning oldini oliş maqsadida vazirlikka axborot texnologiyalari qaçon joriy etilişi haqida böldi. 

-  Quriliş vazirligi tizimiga, korrupsiyaning oldini oliş, şaffoflikni ta'minlaş maqsadida qaçon axborot texnologiyalari kirib keladi? Qaçon, istagan kişi uyida ötirib, internet orqali vazirlik saytini kuzatib, misol deylik, Qaşqadaryoning Çiroqçi yoki Ğuzor tumanida qurilayotgan namunali uy-joylar bahosi, unga işlatilgan quriliş mollari narx-navosi, uylar qiymatiga asos bölgan tannarx bilan oçiq tarzda qaçon tanişa olamiz?

«Bizlarning Quriliş vazirligi har çorakda katalog çiqaradi. Unda quriliş materiallarining narxi barçasi oçiq e'lon qilinadi. Loyiha-smeta xarajatlari hisoblanganda öşa katalog asosida narxlar belgilanadi. Bu oçiqliklardan bittasi. Yana bir narsa, bundan keyin quriliş narxini quruvçi emas, buyurtmaçi - «Özşaharqurilişinvest», «Qişloqqurilişinvest» belgilaydi. Ular orasida ekspertizadan ötkazadigan taşkilot bor, ular narxlarni tekşiradi. Bundan ortiq yana qanday şaffoflik bölişi mumkin», - degan fikrlarni bildirdi Kozim Tölaganov. 

Mazkur savolga vazirlik mutasaddisi Dilşod Jalolov ham qöşimça qilar ekan, şu yil oxirigaça vazirlik tizimida savolda qayd qilingan şaffoflikka erişiş uçun axborot texnologiyalari töla joriy qilinişiga va'da berişini ta'kidladi. 

«Keça ham şu masala kötarildi. Biz, axborot texnologiyalarini vazirlik tizimiga joriy qiliş maqsadida uskunalarga buyurtma berilgan. Bu kabi uskunalarning tez yetib kelişi ham biroz qiyinroq. Şuning uçun, yaqin 3 oy, yil oxirigaça siz aytgan darajagaça yetkazamiz onlayn tarzda barça qiziqtirgan savollarga javob oliş masalasida», - dedi Dilşod Jalolov.