Quriliş vaziri örinbosari Kozim Tölaganov yangi qurilgan uylarning 9 ballik zilzilaga bardoşlilik sinovida şaxsan iştirok etgan. U Milliy matbuot markazida OAV vakillari bilan taşkil etilgan uçraşuvda Kun.uz muxbiri savoliga javob berar ekan, şuni ma'lum qildi. Jumladan, Quriliş vazirligi mutasaddilariga quyidagi savol berildi. 

-  Sifatsiz, ta'mirtalab qurilgan namunali uylar böyiça köp tumanlarda bölib, örganişlar olib borganman. Aytmoqçi bölganim şuki, yaqinda Xitoyda zilzila röy berdi, ularda tez qurilişi oqibatida 5 ballik yer qimirlaşida ham uylar xarob ahvolga keladi. Qoğozda qayd etilaveradi, biroq murojaatlar böyiça borganimizda jiddiy vaziyatlarga duç kelganmiz. Alloh asrasin, ammo bizda ham şunday tabiiy ofat röy bergudek bölsa, qurilayotgan uylar qançalik çidamli? Bunaqa holatlarning oldini oliş uçun nimalar qilinyapti? 

Bu savolga «Qişloqqurilişinvest» javob bergan Toşkent viloyati filiali boş mutaxassisi Jumaniyoz Jumaniyozovga köra, bu kabi holatlar böyiça murojaatlar örnatilgan tartibda tekşiriladi, ekspertiza xulosalari olinib, tegişli çoralar köriladi. Bu savolga «Qişloqqurilişinvest»ning respublika boşqarmasi bölim boşliği Oybek Kamolov aniqroq javob berişga urindi.  

Uning aytişiça, avval komissiya tuzilib, holatni örganiş natijasida poydevorni kuçaytiriş işlari orqali uyni mustahkamlaş çoralari köriladi yoki qaytadan buzib, qurib beriş holatlari ham uçramoqda. Bunda xarajatlar pudratçi zimmasiga yuklatiladi va bu mablağlarni undiriş maqsadida prokuratura va sud idoralariga murojaatlar qilingan holatlar mavjud.

«Ba'zi bir holatlarda, u-bu joyda şunday holatlar röy bergani bor. Yaqinda Toşkent viloyatida xuddi şunga öxşagan misolni keltirişdi. Borib örgansak, uyning oldiga qazilgan quduq, heç kim yaşamaganligi tufayli, yorilib ketgan. Suv imorat tagiga oqqan va uy ikkiga yorilib ketgan. Komissiya tuzdik, borib örgansak, sababi şunaqa. Xaridor uyni tuzatib berasizlar, deb turibdi. Özi qurilişda bunday bölişi mumkin emas. Davlat arxitektura-quriliş boşqarmasi xodimlarining asosiy e'tibori konstruksiyasiga qaratiladi. Şuning uçun kamçilik aniqlansa, öşani tuzatmagunça, boşqa işlari töxtatib qöyiladi», - dedi Quriliş vaziri örinbosari. 

Kozim Tölaganov, uylarning zilzilalarga bardoşliligi xususida ham öz fikrlarini bildirdi. 

«Mana zilzilaga bardoşlik xususida gapirdingiz. Toşkentda, respublikada qöyiladigan yangi konstruksiyalar barçasi tekşirib köriladi. Yaqinda, çinni zavod oldida qurilgan yangi uyning birinçisi bitgaç, öşani 9 ballga silkitdik. Men şuning içida turdim. Birinçi va ikkinçi uy orasi 15 sm.ga borib kelyapti. Vahima. Lekin buni qilişimiz şart. Çunki, ertaga, 9 ballik yer qimirlagudek bölsa, könglimiz xotirjam bölişi kerak. Şuning uçun, qimirlamasin-ku, agar qimirlagan taqdirda ham 9 ballik zilzilaga doş berişi şart.