«Olqişlar jamiyatni rivojlantirmaydi, muammolarni hal qilmaydi». Xurşid Döstmuhammad erkin matbuot va maddohlik haqida
|15:40 / 23.06.201924 74113 min
Kun.uz jamiyat, adabiyot, xususan, özbek adabiyoti masalalariga bağişlangan turkum suhbatlar loyihasi doirasida taniqli jurnalist, yozuvçi, filologiya fanlari doktori Xurşid Döstmuhammad bilan suhbat taşkil qildi. Avvalroq saytimiz orqali mazkur suhbatning birinçi qismi «Bizdagi sun'iy demokratiya şaxslarni ham, erkin fikrni ham yöqotdi». Xurşid Döstmuhammad bilan suhbat» sarlavhasi bilan e'lon qilingandi.
Quyida suhbatning ikkinçi qismi bilan tanişişingiz mumkin.
Video: Youtube
Video: Mover (tas-ix)
- Domla, mustaqillik yillari özbek jurnalistikasiga nazar solgan kişi afsuski, bu soha jamiyat oldidagi öz missiyasini töla ado etolmaganini köradi. Sababi, bu davrda (hozirgaça) jamiyat va matbuot örtasida katta jarlik paydo böldi.
Töğri, özbek jurnalistikasida haqiqatda kuçli jurnalistlar köp, lekin aksariyat jurnalistlarning işi rahbarlarga hamd-u sano öqiş, şu orqali nimadir ta'ma qiliş, xalq dardini, uni qiynayotgan muammolarni emas, faqat berilgani, aytilganini yoziş, aytiş bölib qoldi.
Siz mana şu jarayonlar içida bölgan inson, sohadagi köpgina jurnalistlarga bilim bergan kişi sifatida özbek jurnalistikasining mana şu holga tuşişi sabablarini va bugun jurnalistika oldida turgan vazifalarni nimalarda körasiz?
- Söz va matbuot erkinligi juda oğir masala, u gap bilan bitadigan iş emas. Sohada qonunlar qabul qilindi, aynan 1995-2000 yillarda qabul qilingan qonunlar juda yaxşi qonunlar edi.
Mamlakatda demokratik jamiyat qurişga harakat böldi, ammo demokratik jamiyat emas, boşqariluvçi demokratik jamiyat qurildi. Demak, kimdir boşqarib turibdi, bunday bölsin, unday bölsin deb. Hali şoşmaylik, bu darajaga yetmadik, imkoniyatimiz yöq, degan gaplar bilan.
Mavzuga oid
Xuddi şunday, matbuot ham boşqarildi. Bitta-yu bitta yangilik - OAVlar soni köpaydi. Elektron naşrlar paydo böldi. Buni köpaygani yaxşi, lekin ijod boşqarildi, ularning ijodiga çiziq çizib berildi. Bu çiziqdan çiqma, mana bu yöldan yurgin deyişdi. Bu – sun'iy demokratiya böldi.
Matbuot sun'iy demokratiyaning qurboniga aylandi.
OAVning vazifasi ommaga tezlik bilan, töğri va xolis axborot yetkazib beriş. Biz esa ommaga zudlik bilan xolis va töğri axborot berolmadik.
27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni. Har yili prezident matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga bayram tabrigi yozadi. Hammamiz kutib turamiz, prezident nima derkin deb. Juda yaxşi takliflar böladi, men u takliflarni hozir ham qöllab-quvvatlayman.
Ma'qulladik, olqişladik, qöllab-quvvatladik-da, sekin-sekin öşa takliflarga könikib qoldik. Nima derkin prezident, matbuot, jurnalistga yöl körsatarmikin deb xomtama bölib qoldik. Tayyor oşga bakovul bölib qoldik.
Jurnalistika bu – ijodiy soha. Xalq bilan ommaviy muloqotga kirişadigan soha. Har kuni biror yangilik yoki özgariş böladi. Jurnalist xalq bilan hisoblaşişi kerak, yönaliş beruvçi bilan emas.
Eng katta illat – matbuotimizda tahlil yöqoldi. Tahlilsiz matbuot matbuot emas. Öquvçilar ham şunga könikib qoldi. Odamlarning tafakkuri qisqa xabarlarga örganib qoldi, tafakkur qilmay qöydi, bu esa juda yomon holat.
- Har bir davrda ham jamiyatning eng katta muammolaridan, illatlaridan biri bölgan maddohlik bugungi jamiyatimizda özining yangiça böyini körsatmoqda. Mana şu jarayonga nisbatan fikringizni bilmoqçiman. Nega bugun biz maddohlikdan orlanmayapmiz?
- Bugun emas, hamişa şunday bölgan. Odamning tabiatida nafs bor, manfaat bor. Odamlar ana şu manfaatlarini, muammolarini hal qiliş uçun özidan yuqoriroqdagi kişiga yaltoqilik qiladi, xuşomad qiladi.
Afsuski, milliy mentalitetimizda şunga moyillik bor. Bu moyillikdan qutuliş mumkinmi? Mumkin, lekin u birdaniga bölmaydi.
- Bu mentalitetimizda bor deb hisoblaysizmi, axir maddohlik milliy mentalitetga aylansa bu fojia emasmi?
- Milliy mentalitetimizda qarsakbozlikka, olqişga zör berişga moyillik bor. Bu madaniyat. Ma'lum çegaragaça madaniyat, ma'lum çegaradan keyin fojia. Biz ana şu çegaraning me'yorini bilmaymiz.
Uyga keldik. Nabiramiz şe'r öqib berdi va biz beixtiyor qarsak çalamiz. Bu qarsakda minnat yöq, rağbat bor. Rahbarga ham şunday bölişi kerak.
Olqişlar jamiyatni rivojlantirmaydi, muammolarni hal qilmaydi, olqişlar odamni bezamaydi. Olqiş jamiyatning rivojiga işlamaydi.
Bu katta madaniyat masalasi. Buning uçun odamlarimizda tafakkur va dunyoni anglaş şakllanişi kerak. Şaxslaşuv bölişi kerak. Bunday deydigan bölsak, yangi muammo oçiladi: jamiyatdagi olomon va şaxs masalasi bor-ku.
- Xurşid aka, köp bölmadi, adabiyotimizning taniqli vakillaridan biri Tohir Malik boqiy dunyoga safar qildi. Bilasizmi, yillar ötgan sayin darğalar birma-bir ötib borar ekan, menga bu maydon va öşa insonlarning örni böşab qolayotgandek, örinni töldiradigan ijodkorlar yetişmayotgandek tuyuladi. Siz qanday fikrdasiz, bu maydon bugun kimlarga qolmoqda?
- Har qanday böş joyni töldirib turadigan odamlar böladi. Ming taassuf, Tohir akaday inson ham ötdi, Alloh rahmat qilsin. Pokiza va ma'rifati yuksak inson edi. U kişidan qolgan asarlarni xalqimiz qölidan qöymay öqiydi. Hayot şu, uning aççiqligi şu. Toğay Murod yaşasa bölmasmidi? Muhammad Yusuf, A'zam Öktam, Ravşan Fayz yaşasa bölmasmidi?
Adabiyotning dargohi keng. Kimlarga qolyapti? Yoş, yetişib kelayotgan yozuvçilar bor. Şukrki, Xudoyberdi Töxtaboyev hayot, Murod Muhammad Döst hali yoş, Erkin A'zam, Nazar Eşonqul, Isajon Sulton, Uluğbek Hamdam, Qöçqor Norqobil... şoirlar orasida Xurşid Davron, Halima Ahmedova, Xosiyat Rustamova... yöq emas, bor, lekin ötganlarning ham umri uzoq bölganda edi deb öylab qolasiz.
Jamiyat, muhit özi talab qiladi. Ibrohim Ğofurov, Ibrohim Haqqulov... ana şularday yetakçilarni, darğalarni yetiştirib çiqaradi.
Har qalay böş qolmaydi, lekin qança köpaysa şunça xursand bölamiz.
— Şaxslar haqida gapirdik. Umuman, jamiyatda, adabiyotda alohida kuçli şaxslar, titanlar kamayib ketayotganining sabablarini nimalarda körasiz?
— Boşqarilayotgan demokratiya. Boşqariladigan demokratiya alohida şaxslarni va erkin fikrni yöqotadi. «Men boşqaraman, sen qöyaver, aqlingni işlatma, senda aql yöq. Sening aqling yetmaydi, boş qotirma, meni öz aqlim yetadi», degan prinsip odamlarning fikrini öldirdi. Jamiyatda fikr aytişga hojat yöq. Sizning fikringiz heç kimga qiziq emas. Bu şaxslaşuvni yöqotdi.
Ötgan davrda akademiya ham yöq böldi-ku. Soğlom jamiyatda akademiya öşa jamiyatning aqli hisoblanadi. Jamiyatimizning aqli olib taşlandi. Jamiyat ilm bilan boşqarilişi kerak. Kimgadir topşirib qöyiş kerak emas, bu Prezidentmi, allomami yoki avliyomi farqi yöq. U ilm bilan boşqarilişi kerak. Öttiz millionli aholi kimningdir mulki emas, davlat rahbari ham bir xizmatçi.
Jamiyat maşvarat bilan, fikrlar bilan boşqarilişi kerak. Adabiyot nega rivojlanmayotganini söradingiz. Falsafa, ilm bölmasa qanday rivojlansin? Yöqotildi-ku bu institutlarning hammasi.
- 2007 yilda Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodingiz qöyilgan. Öşanda nomzodingizni öz ixtiyoringiz bilan qöyganmidingiz yoki… Öşa paytda partiyangizning mağlubiyatiga nima sabab bölgan edi?
- Nomzod qöyişning tartib-qoidasi bor. Avvalo siyosiy partiya rahbarlari öz nomzodini qöyadi. Siyosiy partiya rahbarlari öz nomzodini qöyişlari uçun adaşmasam, sakkiz yuz mingta talabgor bölişi kerak. Öşa paytda partiyamizning a'zolari soni bir yuz oltmiş mingta edi. Kerakli ovozlar yiğildi va nomzodim qöyildi.
Lekin oçiq aytiş kerak, öşa paytda biz prezidentlik uçun talaşadigan darajada emasdik. Ammo birinçi bosqiçdan ötişning özi ham katta gap edi.
Men prezident bölişga ruhan va ma'nan tayyor emas edim. Şu sabab men nomzodimni kuraşdan olganman.
Bu baribir partiya uçun katta tajriba va katta maktab.
Oçiq aytaman, hali ham siyosiy partiya rahbarlari prezidentlik uçun kuraşadigan darajaga çiqa olişmayapti. Ular siyosiy partiya sifatida zaif, ta'sir kuçi yöq va xalq nazariga tuşadigan konsepsiyalari işlab çiqilmagan. Ayting-çi, şunday partiyadan çiqqan kişilar qanday qilib prezident bölişi mumkin. Körpaga qarab oyoq uzatişsin-da.
- Andijon voqealarida iştirok etgan xalqni «şörvaning köpigi»ga qiyoslagansiz. Keyinçalik öşa taşbeh xalqning şa'niga qaratilmaganini aytdingiz. Kimni nazarda tutgan edingiz?
- Mana şu gapning qözğalişini xohlamasdim. Yana boşqaça talqinlar böladi. Şu voqeadan keyin ijtimoy tarmoqlarda mulohazalarimni yozmaydigan böldim. Çunki talqin boşqaça bölib ketadi. Xalq şa'niga aytilmagan. Har qanaqa şaroitda bugun ham şörva qilsangiz köpigini olib taşlaysiz. Köpik kim? Siz boşqa köpikni olasiz, men boşqa köpikni. Kimning nazarida nima köpik? Men bir yozuvçi bölsam, partiya rahbari bölsam, xalqni qanday qilib şörvaning köpigi deyman?
Har qanday jamiyat va har qanday vaziyatda jinoyatçilar böladi. Yaqinda Samarqandda bir oilaning beş nafar vakilini pul uçun dahşatli tarzda öldirib ketişdi. Odam yiğlagisi, faryod qilgisi keladi. Ayting-çi, kim köpik? Qotillar köpikmi, uni olib taşlaş kerakmi? Jamiyat kuraşişi kerakmi? Men qanday qilib jabrdiydalarni köpik deyman?
Qaysi soğlom fikrli odam şunday deydi? Öşa paytda mening bir soatlik intervyumdan faqat öşa gapni kesib qöyişgan. Elektron vositalar, ijtimoy tarmoqlar öylanmagan xulosalar çiqarib yuborişga juda usta.
Ikkinçidan, Andijondagi haqiqiy voqealar hali noma'lum, töla oçilgani yöq. Men bu voqealarning guvohi bölmaganman va guvohi bölmagan voqealarim haqida gapirişim xato.
- Özbek xalqi özining yaqin ötmişida 72 yillik oğir mustabid tuzum davrini boşidan ötkazdi.
Agar mana şu ötgan davrni taxlil qiladigan bölsak, xalqimiz “stalinça”, “xruşçyovça”, “brejnevça”, “andropovça”, “gorbaçyovça” tuzumlarni kördi. Va har tuzum özining barqarorligiga işontirildi.
1991 yilda tarix yana bir imkon berib mustaqillikka erişdik. Şundan keyin ham oradan mana 27 yil vaqt ötdi. Ayting-çi, şu vaqt oraliğida bizda haqiqiy qiyofadagi özbek jamiyati şakllandimi?
- Men juda katta jamiyatşunos, sotsiolog olim emasman. Bu mening şaxsiy qaraş va şaxsiy fikrlarim böladi. Jamiyat ham tirik organizm. Özini saqlaşga harakat qiladi. Lekin uni şu jamiyatning tepasida turgan rahbarlar boşqaradi. Jamiyat öşa rahbarlar jamiyatning boşiga nima kunni solsa öşani köradi. Jamiyat soğlomlanişi kerak. Soğlom, emin-erkin jamiyat quriş kerak. Biz bitta yölni tanlab olib öşa yölda ketişimiz kerak. Juda katta niyatlar bilan, Allohning inoyati bilan mustaqillikka erişdik. Ötgan vaqt davomida juda köp işlar qilsa bölardi, qilinmadi degan gapga men qöşilmayman, bu insofsizlik böladi.
Nimalardir qilişga harakat qilindi, ehtimol öşa boşqariluvçi demokratiyadan ham nimalardir közlangandir, lekin kutilgan samarani bermadi.
Jamiyat barqaror yaşaşi kerak. Odamlar goh unga, goh bunga, goh u, goh bu yölga kirib ketişi kerak emas. Odamlar xotirjam yaşaşi, yigirma-öttiz yildan keyin nima bölişini bilib borişi kerak. Buning uçun rahbarlar özboşimçalik qilişi kerak emas, kimligidan qat'i nazar. Jamiyat ilm va tafakkur bilan yölga qöyilişi kerak. Rahbarlar, olimlar almaşaveradi, lekin yöl oğişmasligi kerak. Xalq bu yölda yugurib ketadimi, emaklaydimi, buni hayot körsatadi.
Yigirma yetti yil yaşasak-da, heç narsa qilinmadi, biz endi boşqatdan boşlaymiz desak, yana qaytadan boşlaymizmi? Umr ötdi-ku, bizda nima gunoh, odamlarda-çi? Bular nima yozgan Xudoga, odamlar maynavozçilikmi, qöğirçoq yoki öyinçoqmi? Öşanda tuğilgan bola öttizga çiqdi-ku, nima böldi bu taqdir? Hayot yöliga kirdi, lekin yölini topolmay yotibdi, garang. Nima qilişini, qayoqqa borişini bilmaydi, qilgan işi jinoyat, qilgan işi qonunga töğri kelmaydi. Nima qilsin u?
Yöq, odamlarga sekin boradigan, evolyutsion yöl kerak. Ana şu yölni yaratib beriş kerak. Ana şunda zamonaviy, emin-erkin hayot keçiramiz. Özbeklar ana şunday hayot qurişga ma'naviy haqqi bor millat, Özbekiston ma'naviy haqqi bor bölgan mamlakat.
Suhbatni töliq şaklda yuqoridagi video orqali tomoşa qilişingiz mumkin.
Suhbat Toşkent şahri, Çilonzor tumani, Qatortol köçasida joylaşgan «Book cafe»da yozib olindi.