Argentinada 2019 yil oktyabrda prezident lavozimiga 9 nomzod, jumladan amaldagi davlat rahbari Maurisio Makri kuraş olib boradi.

La Nacion naşrining ma'lum qilişiça, saylovlarda iştirok etiş uçun arizalar topşiriş muddati tugab, nomzodlarni röyxatga oliş töxtatilgan.

Ğalaba qozonişga asosiy da'vogarlardan biri Makri bölib, u saylovlarda şu maqsadda taşkil etilgan “Özgarişlar uçun birgalikda” ittifoqidan qatnaşadi. Makri ğolib bölsa, vitse-prezident lavozimini senator Migel Piçetto egallaydi.

Makriga sobiq boş vazir Alberto Fernandes 2007 yildan 2015 yilgaça davlat rahbari bölgan Kristina Fernandes de Kirşner bilan birgalikda jiddiy raqobat taşkil etişi kutilmoqda.

Şuningdek, prezident lavozimiga sobiq iqtisod vaziri Roberto Lavanya hamda kamroq darajada taniqli bölgan Nikolas del Kano, Manuela Kastaneyra, Xose Luis Yespert, Gomes Senturion, Alexandro Bondini va Xose Romero Ferislar kuraş olib boradilar.