Inson iste’mol qiladigan mahsulotlar uning miyasi salomatligiga, şu jumladan, uning qanday qarişiga bevosita ta’sir qiladi. Soğlom ovqatlaniş miyaning qarişini sekinlaştiradi va yoşga qarab kognitiv funksiyalarning tömtoqlaşişi xavfini kamaytiradi.
Tibbiyot fanlari doktori Kelliann Niotis ta’kidlaganidek, parhez uzoq muddatli istiqbolda kognitiv funksiyalar va hayot sifatini saqlab qoliş vositasiga aylanişi mumkin, deb yozdi Eatingwell.
Nima uçun rezavorlar nevrologlar fikriga köra miya uçun eng yaxşi mahsulot hisoblanadi? Ularning ta’kidlaşiça, turidan qat’i nazar, barça rezavorlar miya uçun foydali.
Rezavorlarning yorqin qizil, kök va binafşa ranglari ularning antioksidant xususiyatlarga ega bölgan ösimlik pigmentlari - flavonoidlarga boy ekanidan dalolat beradi. «Bu birikmalar yalliğlanişni kamaytiriş va uning hujayralari örtasidagi özaro ta’sirni yaxşilaş orqali miya salomatligini qöllab-quvvatlaydi», dedi Niotis.
Ayniqsa, rezavorlar tarkibida antosianlar - neyroprotektor ta’sirga ega flavonoidlar bölgani uçun tavsiya etiladi.
Rezavorlar, şuningdek, kuçli antioksidant bölgan C vitaminiga boy, deydi tibbiyot fanlari doktori Ella Akkerman. C vitamini miya salomatligini qöllab-quvvatlaydi, uni Alsgeymer kasalligi bilan boğliq beta-amiloid oqsillarining töplanişiga hissa qöşişi mumkin bölgan oksidlovçi stressdan himoya qiladi.
Taqqoslaş uçun: 1 stakan qulupnayda 89 milligramm C vitamini mavjud - bu kunlik me’yorning deyarli 100 foizi. Malina va maymunjon tarkibida biroz kamroq, ammo sezilarli miqdorda - bir stakan uçun kunlik me’yorning taxminan 39 foizi va 45 foizini taşkil qiladi.
Miya faoliyatini rağbatlantiriş uçun qorağatga (çernika) e’tibor bering. «Men har kuni yeyişga harakat qiladigan yagona mahsulot - bu çernika», dedi tibbiyot fanlari doktori Jan-Rafael Şnayder.
Uning tarkibidagi yalliğlanişga qarşi flavonoidlar miyaning soğlom qarişiga yordam berişi mumkinligini ta’kidladi. «Tadqiqotlar şuni körsatdiki, bu birikmalar xotirani yaxşilaşi va vaqt ötişi bilan kognitiv funksiyalarning pasayişini sekinlaştirişi mumkin», deb tuşuntirdi u.
Qorağat va boşqa rezavorlar, ayniqsa, kognitiv funksiyalari pasayişi xavfi yuqori bölgan odamlar uçun foydali bölişi mumkin. Kognitiv qobiliyati pasaygan 50 va 65 yoşli kattalar iştirok etgan bir tadqiqotda, 12 hafta davomida har kuni çernika kukunini (taxminan yarim piyola yangi çernikaga teng) iste’mol qilganlar xotira testlarida platsebo qabul qilganlarga qaraganda yaxşiroq natija körsatdi.












