Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari böyiça vakili (ombudsman) qonunçilik vakolatlarini amaliy jihatdan tatbiq qiliş doirasida hibsda saqlanayotgan va jazoni ötayotgan şaxslarning şart-şaroitini örganiş, şuningdek, ular bilan muloqot olib boriş tartibida joriy yilda Farğona, Namangan, Andijon, Surxondaryo, Qaşqadaryo va Toşkent viloyatlarida joylaşgan 11ta tegişli muassasaning faoliyati Ombudsman Uluğbek Muhamadiyev tomonidan örganildi.

«Bu davrda jazoni ijro etiş va hibsda saqlaş muassasalarida bölib turgan şaxslardan 582ta murojaat kelib tuşgan», deb yozadi Ombudsmanning rasmiy sayti.

Joriy yilning iyun oyida Ombudsman boşçilik monitoring guruhi Toşkent viloyatining Zangiota tumanida joylaşgan №21-sonli ayollar uçun umumiy tartibli koloniyaga taşrif buyurdi. Guruh tarkibida Ombudsmanning soğliqni saqlaş sohasidagi eksperti ham iştirok etdi. 2017 yildan buyon mazkur koloniyada bölib turgan mahkumalardan Ombudsman nomiga 203ta murojaat kelib tuşgan.

Tadbir davomida turar joylarning jihozlanganligi, sanitariya-gigiyena talablari, mahkumalarning ovqatlaniş, mehnat qiliş, ma'naviy-ma'rifiy işlar va ularga tibbiy xizmat körsatişni taşkil etiş qonunçilikka neçoğlik mos kelişi örganildi.

Ombudsman tomonidan 700dan ziyod sudlangan ayollar bilan jamoaviy uçraşuvlar ötkazilgan. Ularga sudlanganlarning huquq va erkinliklarini ta'minlaş böyiça mamlakatimizda amalga oşirilayotgan çoralar yetkazildi, bu jarayonlarda Ombudsman institutining roli tuşuntirildi. Kelib tuşgan murojaatlarga köra, Ombudsman tomonidan 87 nafar ayol şaxsan qabul qilingan. Murojaatlar asosan mahkumalarning oila a'zolari huquqlarini ta'minlaş, qarindoşlari bilan aloqa örnatilişida yordam körsatiş, şuningdek mulk va moddiy huquqlarga doir masalalarda bölgan.

Ombudsmanning muassasaga taşrifi davomida u şu muassasada bölib turgan Gulnora Karimova bilan ham uçraşgan. Suhbat davomida Gulnora Karimova muassasaning tibbiy şaxsiy tarkibiga öz vaqtida körsatilayotgan tibbiy yordam va e'tibor uçun minnatdorçilik bildirgan.

«Örganiş jarayonida muassasada Gulnora Karimovani tibbiy körikdan ötkaziş uçun kardiologiya, nevrologiya, gastroenerologiya, endokrinologiya va ginekologiya sohasidagi yetakçi mutaxassislar jalb qilingani qayd etilgan. Ayrim maxsus köriklar IIVning markaziy gospitalida ötkazilgan. Vraçlar körsatmasiga asosan u tizimli ravişda zarur tibbiy preparatlarni olib turibdi. Bugungi kunda Gulnora Karimovaning umumiy holati qoniqarli, u soğlom ovqatlaniş ratsionini qabul qilmoqda», — deyiladi Ombudsman hisobotida.