23 iyun kuni Xitoy vakili Tsyuy Dun'yuy BMTning Oziq-ovqat va qişloq xöjaligi taşkiloti (FAO) boş direktori lavozimiga saylandi, deya xabar qildi Özbekiston Qişloq xöjaligi vazirligi matbuot xizmati.

Saylov taşkilotning Rimdagi boş qarorgohida FAOning 41-sessiyasi doirasida bölib ötdi, unda qişloq xöjaligi vaziri Jamşid Xodjayev boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi ham iştirok etdi.

Xitoy vakili uçun 191 a'zo davlatning 108 tasi ovoz berdi. Boş direktor lavozimi uçun Katrin Jyeslen-Laneyel (Fransiya) va David Kirvalidze (Gruziya) nomzodlari ham ilgari surildi.

Hisob böyiça sakkizinçi FAO boş direktori 1 avgust kuni lavozimiga kirişadi. Uning vakolati 2023 yil 31 iyulda tugaydi. FAOning hozirgi rahbari braziliyalik Grasiano da Silva taşkilotni 2011 yildan buyon boşqarib kelmoqda.

FAO 1945 yilda taşkil etilgan, bölib, uning strategik maqsadlari oçlikka qarşi kuraş, qişloq xöjaligi, örmonçilik va baliqçilikning hosildorlik va barqarorligini oşiriş, qişloq hududlarida qaşşoqlikni kamaytirişga hissa qöşişdan iboratdir.

Özbekiston FAOga 2001 yilda a'zo bölgan. 2014 yilda Toşkentda taşkilot vakolatxonasi oçilgan. Kelgusi yilning may oyida Özbekistonda ilk bor BMTning Oziq-ovqat va qişloq xöjaligi sohasidagi taşkilotining Yevropa uçun hududiy konferensiyasi ötkaziladi.