London metallar birjasida 24 iyunda bölib ötgan savdolar yakuniga köra, oltin narxi 1,4%ga oşib, bir unsiyasi (31,1 gramm) 1439,21 dollarga teng böldi. Sönggi bor oltin narxi 2013 yil mayda şu darajada qimmatlagan, bir unsiyasi narxi 1428,3 dollar bölgandi.
Ekspertlarning fikriça, narxning kötarilişiga AQŞ va Eron örtasidagi munosabatlarning çigallaşuvi sabab bölgan.
Geosiyosiy keskinlikdan taşqari, AQŞ federal rezerv tizimining va ba'zi davlatlar markaziy banklarining bazaviy foiz stavkalarini tuşiriş töğrisidagi bayonotlari ham oltin narxi oşişiga sabab böldi. Investorlar dollarning zaiflaşuvini kutib, omonatlarini oltin bilan ta'minlangan birja fondlariga köçirişmoqda.
Davlatlar markaziy banklari ham oltin sotib olişni köpaytirdi. Masalan, Rossiyaning oltin-valuta zaxiralari 14 iyun holatiga 504,5 mlrd dollarga yetdi, ösiş haftasiga 1,8 mlrd dollarni taşkil etgan. Bu 2014 yil martidan buyon qayd etilgan eng yuqori körsatkiç hisoblanadi.












