"Sovet ittifoqi floti admirali Gorşkov" fregati boşçiligidagi Rossiya Şimoliy floti kemalari otryadi Havana portiga kirib keldi. Bu haqda Şimoliy flot matbuot xizmati boşliği Vadim Serga xabar qildi.

Xabarda aytilişiça, "Admiral Gorşkov" fregatiga Rossiyaning Kubadagi elçisi Andrey Guskov hamda Kuba qurolli kuçlari qömondonligi vakillari çiqişlari rejalaştirilgan.

Qayd etilişiça, kemalar otryadi 26 fevralda Severomorskdan yölga çiqqan. Kemalar jami 28 ming dengiz milyasini bosib ötgan.

Rossiyalik dengizçilar Kubaga yetib kelguniga qadar Jibuti va Kolombo portlariga hamda Xitoyning Tsindao portiga kirişgan. Bundan taşqari, kemalar Ekvadorning Puerto-Bolivar portida ham töxtab ötgan. Otryad ötgan haftada Panama kanali orqali Karib dengiziga ötgan.