Rustam Kurganbayev Özbekiston Respublikasining Rostov-na-Donu şahridagi (Rossiya Federatsiyasi) boş konsuli etib tayinlandi. Bu haqda Özbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Kurganbayev bunga qadar TIVning Konsullik-huquqiy departamenti direktori örinbosari bölib işlagan.

Rostov-na-Donu şahridagi boş konsulxona konsullik okrugiga Rossiyaning Şimoliy Kavkaz federal okrugi (Doğiston Respublikasi, Inguşiya Respublikasi, Kabarda-Balkariya Respublikasi, Qoraçoy Çerkasiya Respublikasi, Stavropol ölkasi, Çeçeniston Respublikasi, Şimoliy Osetiya Respublikasi) va Janubiy federal okrugi (Adigeya Respublikasi, Astraxan viloyati, Qalmoq Respublikasi, Krasnodar ölkasi, Volgograd viloyati, Rostov viloyati) kiradi. 

Boş konsulxona bilan +7-863-285-50-57 telefon raqami orqali boğlaniş mumkin.