Ukrainaning Rossiyadagi konsuli Aleksandr Sosonyuk Rossiyadan çiqarib yuboriladi. Bu haqda öz manbalariga tayanib «Kommersant'» xabar berdi.

 Xabar qilinişiça, avvalroq FXX konsulni rossiyalik fuqarodan maxfiy ma'lumot olayotganida qölga olgan.

 Ukraina taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Oleg Nikolenkoning sözlariga köra, Aleksandr Sosonyuk bir neça soat uşlab turilgan, u hozirda Ukraina diplomatik muassasasida bölib turibdi.

Ukraina taşqi işlar vaziri örinbosari Yevgeniy Yenin Kiyev özining Sankt-Peterburgdagi konsuli çiqarib yuborilişiga xuddi şunday javob qaytarilişini aytdi.