Özbekistonda oliy ta'limni rivojlantiriş borasidagi barça harakatlar aynan sifatga qaratilgan bölişi kerak. Çunki ötgan 30-40 yilda ötkazilgan islohotlar tahlili şuni körsatmoqdaki, körilgan çoralar kutilgan sifatni ta'minlab bera olmadi.

Bugun, 26 iyun kuni Xalqaro press-klub sessiyasida söz olgan Samarqand davlat universiteti rektori – texnika fanlari doktori, professor Rustam Xolmurodov ana şunday fikr bildirdi.

Kun.uz muxbirining xabar berişiça, SamDU rahbari ta'lim sifatini oşirişga tösiq bölayotgan ikki asosiy muammoga töxtalib ötgan.

«Mening özimning bu masalada dunyoqaraşim bor. Aytaylik, bir poyezd bor. Biz 30-40 yildan beri poyezdning har bitta vagonini itarib, tortmoqçi bölyapmiz. Lokomotivi esa turibdi. Nazarimda, ikkita asosiy lokomotiv bor. Ularni siljitiş oğir. Balki şuning uçun ularga qöl urmayotgandirmiz.

Birinçi lokomotiv – talabani mustaqil bilim olişga undaydigan mexanizm kiritilişi kerak. Bu degani imtihon tizimi mustaqil, adolatli va şaffof bölişi kerak, biz berayotgan vazifalar bilan talaba kutubxonaga, internetga murojaat qilişi, bilim kavlaydigan darajaga kelişi kerak. Ya'ni talabani faollaştirişimiz kerak.

Barrikadaning ikkinçi tomonida öqituvçi turibdi. Hozirgaça mavjud öqituvçini işga qabul qiliş va böşatiş, uning iş muddatini uzaytiriş tizimi uning faolligini ta'minlamaydi. 40-50 yillik tajriba şuni körsatyapti. Bu keça boşlangan jarayon emas, örtoqlar.

Tamagirlik bilan şuğullanayotgan, darsining sifati bölmagan muallimdan men rektor sifatida qutula olmayman. Rasman olganda, qölimda qoidalar bor. Lekin bu qoida, keçirasiz-u, siçqonni öldiriş uçun oğziga dori soliş kerak, urib öldiriş kerak, deganga öxşagan tizim bor, örtoqlar.

Rektor 2-3ta bölmağur muallimdan qutuliş uçun yarim umrini sarflaşi kerak.

Bu masalada, öylaymanki, şartnoma tizimini joriy etiş kerak. Öqituvçini bir yilga işga olamanmi, uç yilgami, muallim bilişi kerak – yil yakuni böyiça yoki uç yil yakuni böyiça uni faoliyat sifatlari talabga javob bermasa, şubhasiz, sudga bermay, portalga murojaat qilmay, kasaba uyuşmasiga bermay, ketişi kerak.

Öşandagina muallimda mas'uliyat paydo böladi. Xudoga şukr, hozir maoşlar oşdi. Endi sörasak böladi. 1 sentyabrdan professorim 9 mln oladi, pensioneri 11 mln oladi», – dedi Rustam Xolmurodov.

«Şu ikkita lokomotivni işlata olsak, keyin asta-sekin xalqaro Bolonya jarayoni deymizmi, boşqa narsalar deymizmi... Bizda sifatni kötarişning oddiy, jaydari muammosi turibdi. Yuqori materiyaga hali ança yölimiz bor, örtoqlar», – deya ta'kidladi SamDU rektori.