Bugun, 2019 yil 26 iyun kuni, jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudi, Yunusobod tuman sudi binosida, Özbekiston Respublikasining sobiq Boş prokurori Raşid Qodirov va boşqalarga oid (jami 13 nafar şaxs) jinoyat işi böyiça ayblov hukmi e'lon qilindi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar bermoqda.

Sud hukmi bilan, 2000-2015 yillarda Özbekiston Respublikasining Boş prokurori lavozimida faoliyat körsatib kelgan Raşid Qodirov (Jinoyat kodeksi 210-moddasi 3-qismining «a» bandi), pora berişga dalolat qiliş (JK 28,211-moddasi 3-qismining «a» bandi), firibgarlik (JK 168-moddasi 3-qismining «a» bandi), soliqlar yoki boşqa majburiy tölovlarni tölaşdan böyin tovlaş (JK 184-moddasining 3-qismi), tergov qilişga va sud işlarini hal etişga aralaşiş (JK 236-moddasining 2-qismi), jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş (JKning 243-moddasi) kabi, hokimiyat, boşqaruv va jamoat birlaşmalari organlarining faoliyat tartibiga qarşi bir qator oğir va öta oğir jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topildi.

Qariyb olti oy davom etgan, Özbekiston Respublikasi JPK (jinoyat-protsessual kodeks) ning 19-moddasi, şuningdek «Davlat sirlari töğrisida»gi Qonuni talablariga muvofiq, yopiq tarzda ötkazilgan sud tergovi jarayonida barça sudlanuvçilarning körsatuvlari birma-bir atrofliça tekşirildi, 200ga yaqin guvohlarning körsatuvlari tinglanib, iş böyiça ötkazilgan ekspertiza va xizmat tekşiruvlari xulosalari, şuningdek jinoyat işida töplangan dalillar, ularning qonuniyligi va asosliligi nuqtai nazaridan taftiş qilindi.

Sudning hukmi bilan aybli deb topilgan jinoyatlari uçun Raşid Qodirovga, JK 50-moddasining 6-qismi tartibida 10 yil ozodlikdan mahrum qiliş va eng kam oylik iş haqining 500 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Qolgan sudlanuvçilarga ham qilgan qilmişlariga yaraşa qonun doirasida jazolar tayinlanib, ularning barçasi qöşimça jazo tariqasida muayyan muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan boğliq bölgan lavozimlarda işlaş huquqidan mahrum qilindi.

Bundan taşqari, sud oğir va öta oğir jinoyatlar uçun sudlangan Raşid Qodirovni (JKning 52-moddasi) maxsus unvon va davlat mukofotlaridan mahrum qiliş haqida taqdimnoma kiritişga qaror qildi.

Sudlanuvçilar aybli deb topilgan jinoyatlari oqibatida yetkazilgan moddiy zararlar, suriştiruv va dastlabki tergov jarayonida topşirilgan pul va xatlangan mol-mulklar hisobidan qoplanişi belgilandi.