Ijtimoiy tarmoqlarda Gulnora Karimova tomonidan davlat foydasiga 1,2 mlrd. AQŞ dollari ötkazildi, degan xabar tarqaldi.
Moliya vazirligi ma'lumotiga köra, davlat budjetiga undirilgan mablağlarning fuqarolar kesimidagi hisobi vazirlik tomonidan yuritilmaydi.
«Bunda ötgan yili va joriy yilning birinçi yarmida körsatilgan miqdorda mablağlar budjetga kelib tuşmadi.
Xususan, ötgan yili davomida davlat daromadiga ötkazilgan mol-mulk (valuta mablağlari va zargarlik buyumlarini qöşgan holda) sotişdan tuşumlar 163 mlrd. sömni yoki 20,2 mln. AQŞ dollarini (örtaça yillik kurs böyiça) taşkil qildi», — deyiladi rasmiy axborotda.
Ta'kidlanişiça, joriy yil birinçi yarmida esa davlat ixtiyoriga ötkazilgan mol-mulkni sotişdan 99,4 mlrd. söm yoki 11,8 mln. AQŞ dollari (örtaça kurs böyiça) kelib tuşgan.
23 iyun kuni Gulnora Karimovaning qizi, Özbekistonning birinçi prezidenti Islom Karimovning nevarasi Imon Karimova özining Instagram ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida onasi tomonidan yöllangan murojaatni e'lon qilgaç, bu mavzu ijtimoiy tarmoqlarda yana kun tartibiga çiqdi.
«Prokuratura şu paytgaça davlat tomonidan ekspropriatsiya (mol-mulklarning majburiy tarzda davlat ixtiyoriga ötkazilişi —tahr.) qilingan vositalarning miqdorini aniq sanay olmasligini bildirayotgan bölsa-da, men protokol uçun e'lon qilişim kerakki, şu paytgaça Özbekiston hududidagi faqatgina menga tegişli bölgan, 1,2 milliard dollar miqdoridagi aktivlar mening egaligimdan çiqib, ayni paytda respublika budjeti uçun işlayotgani bir neça mahalliy suriştiruvlar bilan tasdiqlangan», — deyilgandi Gulnora Karimovaning murojaatida.












