Ayrim tadbirkorlarning xususiylaştirilgan mol-mulklari xususiylaştiriş jarayoni noqonuniy bölgan, degan turli vajlar bilan tortib olinmoqda. Vaholanki, Qonunçilik palatasi tomonidan 2012 yil 19 iyulda qabul qilingan va Senat tomonidan 2012 yil 30 avgustda ma'qullangan « Xususiy mulkni himoya qiliş va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari töğrisida» gi qonunning 24-moddasida «Davlat mulkini xususiylaştiriş jarayonida vujudga kelgan xususiy mulk daxlsizdir. Xususiylaştiriş natijalari qayta körib çiqilmaydi va bekor qilinmaydi», deb belgilab qöyilgan.
Qonunda ta'kidlangan tartibga nomutanosib ravişda yuqoridagi kabi holatlar tez-tez uçrab turibdi.
«Davlat tasarrufidan çiqariş jarayonining bosqiçlaridan biri xatlovdan ötkaziş hisoblanadi. Endilikda bu sohani ham xususiy sektorga, ya'ni professional auditorlik kompaniyalariga beriş ustida iş olib borayapmiz», — deydi davlat aktivlarini boşqariş agentligi departamenti boşliği Haydarov Baxtiyor.
Qars ikki qöldan çiqadi
Tadbirkor biror bir mulkni xususiylaştirişdan avval ma'lum bir majburiyatlarni zimmasiga oladi va belgilangan vaqt içida ularni amalga oşirişi zarur.
Davlat aktivlarini boşqariş agentligi departamenti boşliği J.Qudratovning aytişiça, öz vaqtida faoliyat turini saqlamagan, belgilangan investitsiya şartlarini bajarmagan, soxta hujjat qilib özlaştirib olgan yoki işçi örni yaratmagan tadbirkorlardan qonunga asoslangan holda mulklari olib qöyilmoqda.
Tizim şaffofligini ta'minlaş maqsadida
«Kiçik obektlar uçun «E-IJRO AUKSION » taşkil etilgan. Undan közlangan asosiy maqsadlardan biri ham, bu kabi holatlarning oldini oliş va jarayonga inson omili ta'siri kamaytirişdan iborat» , — deya tuşuntiriş berdi Davlat aktivlarini boşqariş agentligi direktori Ahadbek Haydarov.
Şunga qaramay, ötgan yillarda xususiylaştirilgan mol-mulkni tortib oliş instrumenti sifatida körilayotgan uslub — xatlovda yöl qöyilgan xato, yer-joyni notöğri ölçaş va boşqa vajlar ortidan turli guruhlar manfaati ilgari surilişi iddao qilinadi.












