Oziş vazni 80 kilogrammdan ortiq kişilar uçungina dolzarb emas. Köpinça muammo kiçik narsalarda böladi: 1-2 ölçamga kiçikroq bölgan kiyimga siğa oliş. Ortiqça qiyinçiliklar, qat'iy parhez va holdan toydiruvçi maşqlarsiz ham oziş usullari mavjud.

Foto: Pexels

1. Şubhali mahsulotlarni xarid qilmang

Marketing – tovarlarni harakatga soliş uçun odamlarni boşqaradigan fan. Hatto öramda «şakarsiz» deb yozilgan bölsa ham işonmang.

2. Oçlikni his qilganingizdagina ovqatlaning

Serial tomoşa qilganda yeyilgan navbatdagi çips yoki pista – avtomat tarzda olingan qöşimça kaloriyalar. Biror nimani oğzingizga yuborişdan avval öz-özingizga: men haqiqatan ham oçmanmi? degan savol bilan murojaat qiling. Agar javob «yöq» bölsa, ortiqça yegulikni bir çetga surib qöying.

3. Kuçsizlikka berilgan

Gap parhezni buziş haqida emas. Undan keyingi harakatlar haqida. Hatto biror mazali va zararli narsani ataylab yemagan bölsangiz ham «bugun parhezni buzdim, uni ertaga davom ettiraman» tamoyili asosida davom ettirmang. Bugun iste'mol qilingan narsalarni jismoniy maşqlar bilan sarflaşga töğri keladi. Sarflamasangiz –u töplanadi va parhezingizni uzaytiradi.

4. Ovqatni çaynang

Kun davomida umuman ovqat yemagan bölsangiz ham uni yaxşilab çaynang. Maydalangan yegulik yaxşi hazm böladi va köproq foydali elementlarni beradi. Şu tariqa, tezroq töyasiz va ortiqça yeb yubormaysiz.

Kun tartibiga özgartirişlar kiriting

1. Piyoda yuring

Iş yoki öqişdan keyin uygaça piyoda yurib boring. Oçiq havodagi sayrlar sizni soğlomlaştiradi va fikrlarni tartibga solişda yordam beradi. Hatto qiş faslida ham bir neça bekatni piyoda bosib ötişni odatga aylantiring. Usul samarali emasdek tuyuladi, biroq bunday emas.

2. Yarim tunga qadar uxlaşga yoting

Töyib uxlamaslik va zöriqiş vaznning ortişiga olib keladi. Bu isbotlangan fakt. Biroq bu kunni notöğri rejalaştirişning yagona salbiy jihati emas. Tunda organizm köproq ovqat talab qiladi.