Xitoy Xalq Respublikasining Guançjou şahridagi Xitoy Import-eksport körgazma majmuasida “Fruit Expo 2019” Xalqaro Mevalar körgazmasi kuni keça öz işini boşladi.

Uşbu körgazmada Çili, Peru, Ekvador, Buyuk Britaniya, Indoneziya, Tailand, Malayziya, Hindiston, Pokiston, Vetnam kabi mamlakatlardan 12 ming kv.metr maydonda 200 dan ortiq eksponatlarda dunyoning sarxil mevalari namoyiş etildi. Xitoyning iste'mol bozori ulkan, bu davlatning özida juda köp mevalar yetiştirilişiga qaramay importga ehtiyoji juda katta.

Xitoy – Özbekistonning eng yirik savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy şeriklaridan biri. Qolaversa Özbekiston va Xitoy – har tomonlama strategik şeriklar. Özaro tovar ayirboşlaş izçil ösmoqda. Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning bu yil Xitoyga bölgan taşriflari davomida Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Tszinpin bilan uçraşuvda tovar ayirboşlaşni yanada kengaytiriş va diversifikatsiya qiliş masalalari muhokama qilingan, özaro savdoni oşirişda ikki tomon manfaatdorligi bildirilgan. Şuningdek Özbekiston “Bir makon, bir yöl" dasturini keng kölamda amalga oşirilişiga amaliy hissa qöşişga tayyor ekani ta'kidlangan.

Yuqori darajadagi bu taşabbuslar yurtimiz tadbirkorlariga eksportni yanada rivojlantirişlariga turtki bölmoqda. Bunga misol, Özbekiston Respublikasining Xitoy Xalq respublikasidagi elçixonasining amaliy kömagi bilan yurtimizda tez suratlarda ösib kelayogan “New Way Caravan Gardens” eksport kompaniyasi asosçisi xam ilk bora iştirok etmoqda. Kompaniya stendida asosan Xitoy bozoriga qiziq va talab oşib borilayotgan maxsulotlar, ya'ni özimizning gilos, qovun, uzum, turli xil quruq mevalar va yonğoqlar taklif etildi.

Ma'lumot uçun: Hozirgi kunga kelib Özbekistondan Xitoyga eksporti uçun ikki tomonlama kelişuv faqatgina gilos va moşga imzolangan. Xitoy bojxonasining içki iş jarayonlari yakunlanişi bilanoq şu oylarda özbek qovuniga xam ruxsat olinadi. Quruq mevalarga bayonnoma imzolanişi talab etilmaydi. Bu borada Özbekistonning Xitoydagi elçixonasi Xitoyning Boş Bojxona Boşqarmasi bilan jiddiy iş olib bormoqdalar.





















