Umri davomida film tomosha qilayotganida bir uyum pista chaqmagan odam bo‘lmasa kerak. Bu yegulik haqiqatan ham g‘aroyib: pista suhbatni davom ettirish va vaqtni qisqartirishda yordam berishidan tashqari, yuqori biologik qiymatga ega. Undagi kaliy miqdori apelsin va bananlarga qaraganda 5 marta ko‘proq, deya ta'kidlaydi adme.ru.
U organizmga qanday ta'sir ko‘rsatishiga oydinlik kiritamiz.

Yurak qon-tomir tizimini mustahkamlaydi
Bor-yo‘g‘i 50 gramm pista organizmning kuchli antioksidant - Ye vitaminiga kunlik ehtiyojini qondiradi. Ye vitamini ateroskleroz rivojlanishining oldini oladi, yurak mushaklarining normal faoliyatini saqlashda yordam beradi. Shuningdek, yurak va tomirlarga magniy zarur, pistada u katta miqdorda.
Pista yurak salomatligiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadigan mono va yarim to‘yintirilgan moylar manbai. Agar undan kuniga 100 gramm iste'mol qilinsa, nafaqat ateroskleroz,balki miokard infarktining ham oldini olish, qondagi xolesterin miqdorini kamaytirish mumkin.

Kislota-ishqor muvozanatini normallashtiradi
Pista shilliq qavat va oshqozondagi kislota-ishqor muvozanatini normaga keltiradi. Shu tufayli ularni jig‘ildon qaynashiga qarshi vosita sifatida qo‘llash mumkin.

Yoshlik va go‘zallikni saqlashda yordam beradi
Kungaboqar urug‘lari vitaminli komleks va bioqo‘shimchalardan kam emas: bu A, Ye, D va V guruhlari vitaminlari, shuningdek ko‘plab to‘yinmagan moylarga boy. Shuning uchun ham kosmetologiyada pistadan unumli foydalanishadi. U qarish jarayonini sekinlashtiruvchi a'lo vosita sanaladi, ko‘rish qobiliyati, teri, soch va tirnoqlar, reproduktiv tizimga ijobiy ta'sir qiladi. O‘smirlikda pista husnbuzarlardan xalos bo‘lishda yordam bera oladi.

















