Toşkent şahar hokimligi rasmiylarining ma'lum qilişiça, şaharning eski tramvay yöllarini ta'mirlaş işlariga 3 yil avval mablağ ajratilgan, biroq işlar tugallanmagan, yöllar foydalanişga topşirilmagan. Şu bilan birga, uşbu ta'mirlaş işlari uçun mas'ullarga heç qanday çora körilmagan. Kun.uz muxbiri hokimlikda taşkil etilgan matbuot anjumanida avvalgi tramvay yöllari ta'miriga doir savol bilan murojaat qildi.
- Toşkentda tramvay yöllari olib taşlangaç, ayniqsa, avvalgi 17, 9-tramvay yöllari ötgan yöl qismlari ta'mirlanib, foydalanişga topşirilganmi yoki foydalanişga topşirilmaganmi? Çunki, misol uçun, Lutfiy köçasini oldingi Çilonzor Oqtepa maydoni bilan boğlovçi yöllarda yöllar ta'miri çala qolgani yaqqol körinib turadi.
«Davlat rahbari Uçtepa tumaniga taşrifidan söng, juda katta dastur qabul qilindi. Tumanning barça yirik ta'mirtalab köçalari ta'mirlanadi. Şu maqsadda, respublika budjetidan 50 mlrd söm ssuda olingan. Mazkur işlar 1 oy içida töliq yakunlanadi. Lutfiy köçasi ham ta'mirlanyapti, bu yerda alleya barpo qilinmoqda. Yangi ustunlar qöyilib, keçki yoritiş moslamalari ham örnatilmoqda», - dedi şahar hokimining örinbosari Davron Hidoyatov.
Şahar hokimi uşbu masalaga oydinlik kiritib, Uçtepa tumani şaharning eng qoloq tumanlaridan biriga aylanib qolgani, biroq tuman va şahar rahbarlari şu vaqtgaça bunga jiddiy e'tibor bermaganini ta'kidladi.
«Menimça, Uçtepada qilinayotgan, bajarilayotgan işlarga xalq guvoh bölyapti. Albatta, tramvay yöllarini ta'mirlaş 3 yil ilgari «Avtoyöl» taşkilotiga tegişli bölgan. Puli ham olingan, lekin hozirgi holatda qolib ketgan. Prezidentimiz taşriflaridan söng, Uçtepaga jiddiyroq e'tibor berişga diqqat qaratilgan. Oçiq aytiş kerak, Uçtepa şaharning eng qoloq tumanlaridan biriga aylanib qolgan, heç kim jiddiy e'tibor bermagan tuman edi. Bu tumanning 4 sektor rahbarlari almaşdi. Töğri, tumandagi işlarni bir zumda bajarib bölmaydi. Ammo bajarilayotgan işlarni tuman aholisi öz közlari bilan körib, his qilişadi», - dedi Jahongir Ortiqxöjayev.

Kun.uz muxbirining «Avtoyöl»ga tegişli bölgan yöllar foydalanişga qabul qilinganmidi va öşa taşkilot rahbarlariga nisbatan biror çora körilganmidi, degan savoliga Toşkent hokimligi rasmiylari, söz borayotgan yöllar foydalanişga qabul qilinmagani, «Avtoyöl» rahbarlariga esa, heç qanday çora körilmaganini ma'lum qilişdi.
Ayni masalaga töldiriş qilgan şahar hokimi örinbosariga köra, şahar hokimining 2019 yil fevral oyida 269-son qarori qabul qilingan. Unga muvofiq, şaharda 1 mln 809 ming kvadrat metr yölni mukammal ta'mirlaş belgilangan. Şu kungaça 308 ming kvadrat metr yöl mukammal ta'mirlangan. Yil oxirigaça, oldingi tramvay yöllari ham, boşqa yöllar ham töliq ta'mirdan çiqariladi.

















