ÖFAning yangi rahbariyati özbek futboli faxriylari, murabbiylar va muxlislar kengaşlarini tuzişga qaror qildi. Bu haqda bugun, 29 iyun kuni assotsiatsiyada bölib ötgan matbuot anjumanida ma'lum qilindi.
Tribuna.uz muxbirining ma'lum qilişiça, anjumanda söz olgan taşkilot vitse-prezidenti Ravşan Ermatov mazkur uçta kengaşni taşkil etiş zaruratiga töxtalib ötgan.
«Tarixsiz kelajak yöq»
«Futbolimiz tarixi va faxriylariga alohida e'tibor qaratamiz. Xalqimizda «Tarixsiz kelajak yöq», degan naql bor. Futbolimiz tarixini hurmat qilmasak, kelajagini ham hurmat qilmagan bölamiz.

Şuning uçun ÖFA binosida kiçik muzey taşkil etdik. Bu bino – özbek futbolining uyi. Bu yerga OFKdan, FIFAdan va boşqa taşkilotlardan kelgan mehmonlarga bizga futbol keça kirib kelmaganini, u öz tarixiga egaligini körsatişda bu muzeyning ahamiyati juda ham katta
Yaqin kunlarda özbek futboli faxriylar kengaşini qaytadan tiklaşni maqsad qilganmiz. Ularning maslahat va duolari bizga hali köp foyda keltiradi. Ularga hurmat körsatmasak, keyingi avlod bizni keçirmaydi», – dedi Ermatov.
«Stadionlarni sun'iy töldiriş yölidan bormaymiz»
«Özbek futboli muxlislari juda talabçan. Ular futbolimizning haqiqiy jonkuyarlari va 12-futbolçisi. Avvalo şuni aytmoqçimanki, biz stadionlarni sun'iy ravişda töldiriş yölidan yurmaymiz. Rejalarimiz bosqiçma-bosqiç amalga oşib, futbolimiz saviyasi kötarilsa, ularning özlari stadionga oqib kelişadi.

Yildan yilga muxlislik madaniyati oşib boryapti, lekin ular orasida mağlubiyatdan keyin hakamlar, murabbiy futbolçilarning şaxsiyatiga tegadigan gaplar ham uçrab turibdi. Bu muxlislik madaniyatiga kirmaydi. Şu yönalişdagi işlarimizni yanada yaxşiroq yölga qöyiş uçun muxlislar kengaşi tuzişni niyat qilganmiz. Superliga jamoalari va terma jamoalarimizning fan-klublari bilan birgalikda işlaymiz», – deya qayd etdi ÖFA vitse-prezidenti.













