Prezident Şavkat Mirziyoyev 28 iyun kuni «Toşkent-Şarqiy» aerodromi negizida qurilayotgan aeroportni közdan keçirdi. 

Bu yerda fuqarolik (işbilarmonlik) aviatsiyasi taşkil etiş böyiça 2017 yil 30 iyunda Prezident qarori qabul qilingan edi. Davlatimiz rahbari ötgan yili bu yerga kelib, mazkur aerodromni qayta quriş böyiça loyiha takliflari bilan tanişgan edi.

Bugungi kunda aeroportda quriliş işlari jadal olib borilmoqda. 4 kilometr uzunlikdagi ikkita uçiş-qöniş yölagi, samolyotlar töxtab turişi uçun angar va perron, yuqori darajadagi delegatsiyalar, işbilarmon doiralar vakillari va soatiga ming nafar yölovçiga xizmat körsatuvçi terminallar bunyod etilişi rejalaştirilgan.

Prezident bu aeroport nafaqat bugun, balki kelajak uçun barpo etilayotgani, şu bois uni uzoqni öylab, sifatli va xavfsiz qilib quriş zarurligini ta'kidladi.