Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev barça yigit-qizlarni Özbekiston yoşlari kuni bilan tabrikladi. Tabrik matni prezident matbuot xizmati tomonidan keltirilgan.

Qadrli farzandlarim!

Siz, aziz öğil-qizlarimni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni yurtimizda keng nişonlanayotgan Yoşlar kuni bilan çin qalbimdan tabriklayman.
Uşbu qutluğ ayyomda barçamiz yoşlik inson umrining naqadar gözal va beğubor fasli, ulkan orzu-umidlar, beqiyos imkoniyatlar davri ekanini yanada çuqur his qilib, siz, navqiron farzandlarimizga eng ezgu tilaklarimizni izhor etamiz.

Ötgan qisqa davrda jamiyatimiz hayotidan mustahkam örin egallagan bu bayram davlatimiz, xalqimiz öz farzandlarining baxti va kamoli uçun heç narsani ayamasligini, mamlakatimiz yoşlari ham Vatanimiz ravnaqi uçun xizmat qilişni öz hayotining mazmuni deb bilişini yaqqol ifoda etmoqda.

Haqiqatan ham, yoşlarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta'minlaş yurtimizda davlat siyosati darajasiga kötarilib, doimo e'tiborimiz markazida bölib kelmoqda.

Buni keyingi ikki yilda şu sohaga oid 3 ta qonun, Özbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining önlab farmonlari, qaror va farmoyişlari qabul qilingani hamda şu asosda ulkan işlar amalga oşirilgani ham yaqqol tasdiqlaydi.

Jumladan, Özbekiston Respublikasi Boş vaziri, hududlarda esa hokimlar raisligida Yoşlar masalalari böyiça idoralararo kengaşlar, Oliy Majlis Qonunçilik palatasida Yoşlar masalalari böyiça komissiya va “Yoşlar klubi” iş boşladi.

Yigit-qizlarimizning biznes loyihalari uçun “Yoşlar – kelajagimiz” jamğarmasi tomonidan bugungi kunga qadar 692 milliard 400 million sömlik imtiyozli kreditlar ajratilib, 25 mingga yaqin yangi iş örni yaratilgani, respublikamiz böyiça 125 ta “Yoşlar mehnat guzari”, 19 ta “Yoş tadbirkorlar” kovorking markazi foydalanişga topşirilgani ayniqsa e'tiborlidir.

Yurtimizda taşkil etilayotgan yangi-yangi boğçalar, maktablar, oliy öquv yurtlari, nufuzli xorijiy universitetlarning filiallari, madaniyat va sport inşootlari, “Temurbeklar maktabi”, “Prezident maktablari”, “Ijod maktablari” deb nom olgan mutlaqo yangi namunadagi ta'lim maskanlari bugungi globallaşuv şaroitida raqobatga qodir bölgan  yetuk kadrlarning yangi avlodini tarbiyalaşga xizmat qilmoqda.