Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Tramp Shimoliy Koreya hududiga qadam qo‘ygan ilk amerikalik prezident bo‘ldi
AQSh prezidenti Donald Tramp Janubiy Koreyaga tashrifi doirasida 30 iyun kuni Koreya yarimorolidagi demilitarizatsiya qilingan hududida KXDR rahbari Kim Chen In bilan uchrashdi. Bu haqda NHK xabar bermoqda.
«Seni yana ko‘rib turganimdan xursandman», - degan Tramp Kim Chen Inga uchrashuv boshida. Uchrashuv quruq qo‘l siqishlar hamda qisqa muloqot tarzida kechishi avvaldan ma'lum edi.
Ikki davlat rahbari bir-birining qo‘lini siqib ko‘rishgan, shundan so‘ng Kim Chen In Donald Trampni Shimoliy Koreya hududiga taklif etgan. Amerikaliklar prezidenti uning taklifiga rozilik bildirgan. U bir necha soniyaga demarkatsiya chizig‘idan o‘tgan va Shimoliy Koreya hududida bo‘lgan. U jurnalistlar bilan muloqot vaqtida chegaradan ramziy ravishda o‘tishi «o‘zi uchun sharaf» ekanini aytgan.
US President Donald Trump and North Korean leader Kim Jong Un have shaken hands at the demilitarized zone (DMZ), before both leaders stepped into North Korea https://t.co/nQM59lEuEv pic.twitter.com/n7Z6V8mNIU
— CNN (@CNN) 30 iyunya 2019 g.
Shu tariqa, Tramp KXDR hududiga qadam qo‘ygan AQSh tarixidagi ilk prezidentga aylandi.

«Prezident Tramp demarkatsiya chizig‘idan o‘tdi va bu ishni qilgan, bizning hududga kirgan AQShning ilk prezidentiga aylandi. Bu uning kelajakda munosabatlarni yaxshilash niyatida ekanini anglatadi», degan Kim Chen In.
Donald Tramp va Kim Chen In uchinchi marta oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazmoqda. Bu ikki siyosatchining ilk uchrashuvi 2018 yil iyunida Singapurdagi Amerika-Koreya sammiti doirasida kechgandi. 2019 yil fevralida Tramp va In Vetnamning Xanoy shahrida ham uchrashishdi. Ikki uchrashuv ham Shimoliy Koreyani yadro qurolidan xoli qilish masalasiga bag‘ishlangandi. Bu uchrashuvlar samara bermagandi.
Mavzuga oid
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
08:55 / 26.03.2026
Lukashenko ilk bor KXDRga tashrif buyurdi
23:21 / 24.03.2026
KXDR Konstitutsiyasi o‘zgartirildi – uning nomidan «sotsialistik» so‘zi olib tashlandi
12:45 / 23.03.2026