Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Chelsi» besh futbolchisi bilan xayrlashdi
Foto: Dmitriy Golubovich, «Chempionat»
«Chelsi» besh nafar futbolchi bilan xayrlashganini ma'lum qildi.
Klub rasmiy saytida bildirilishicha, darvozabonlar Robert Grin va Eduardu, himoyachi Gari Kehill, yarimhimoyachi Kayl Skott va hujumchi Gonsalo Iguain jamoani tark etdi.
Grin, Eduardu, Kehill va Skottning «ko‘klar» bilan shartnoma muddati tugadi; Iguain esa ijara muddati yakunlanib, «Yuventus» ixtiyoriga qaytdi. Besh futbochlidan biri, angliyalik darvozabon Rob Grin faoliyatiga yakun yasagan.
Eslatib o‘tamiz, ayni paytda «Chelsi» bosh murabbiyi lavozimi bo‘sh qolmoqda. Jamoa boshqaruviga «Derbi Kaunti» ustozi Frenk Lempard kelishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
21:21 / 16.03.2026
«Chelsi» Abramovich davridagi qoidabuzarliklar uchun 10 mln funt jarimaga tortildi
10:59 / 15.03.2026
«Siti» deyarli kurashdan chiqdi, Gulerdan shedevr gol. Kun o‘yinlari
12:09 / 12.03.2026
«Siti» Madridda 3 ta, «Chelsi» Parijda 5 ta gol o‘tkazdi. Kun o‘yinlari
12:17 / 01.02.2026