Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya Dubay amirining rafiqasi boshpana so‘ragani haqidagi xabarni tasdiqlamadi
Germaniya tashqi ishlar vazirligi BAAdan qochib ketgan malika Haya bint al-Husayn boshpana so‘raganligi haqidagi xabarni tasdiqlamadi. Bu haqda vazirlik rasmiy vakili Mariya Adebar ma'lum qildi.
"Bu xabarni tasdiqlay olmayman, bizda buni tasdiqlovchi faktlar yo‘q", - dedi Adebar.
Avvalroq Britaniyaning Sun gazetasi BAA bosh vaziri, Dubay amiri shayx Muhammad bin Rashid Ol Maqtumning rafiqasi yirik miqdordagi pulni olib mamlakatdan qochib ketganligini xabar qilgandi.
Xabarda aytilishicha, u 11 yoshli o‘g‘li va yetti yoshli qizi bilan BAAdan Germaniyaga qochib ketgan hamda u yerdan boshpana so‘ragan va turmush o‘rtog‘i bilan ajrashish uchun hujjat topshirgan. Malika o‘zi bilan 31 million funt sterling (39 million dollarga yaqin) pul olib ketgan.
Sun gazetasining xabariga ko‘ra, malikaning bu harakati BAA va Germaniya o‘rtasida diplomatik inqiroz boshlanishiga olib kelgan. Ayrim ma'lumotlarda aytilishicha, bosh vazir Berlinga turmush o‘rtog‘i va farzandlarini qaytarishni so‘rab murojaat qilgan, ammo rad javobini olgan.
Mavzuga oid
12:04 / 18.06.2026
O‘zbekiston va Germaniya birinchi xonimlari inklyuziv ta’lim masalalarini muhokama qildi
21:45 / 17.06.2026
Audi yangi avlod A6 Allroad’ni taqdim etdi
20:04 / 17.06.2026
O‘zbekiston va Germaniya prezidentlari bir qator iqtisodiy loyihalarni ishga tushirdi
10:05 / 17.06.2026