Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Özbekiston Respublikasi kutubxonaçi kunini belgilaş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi qonuni loyihasi joylaştirildi.
2019 yilning 27 iyun kuni muhokamaga joylaştirilgan hujjat loyihasi prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan işlab çiqilgan.
Qonun loyihasida aytilişiça, 21 may Özbekiston Respublikasi kutubxonaçi kuni etib belgilanişi möljallanmoqda.
Eslatib ötamiz, 2019 yil 7 iyun kuni prezidentning “Özbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati körsatişni yanada takomillaştiriş töğrisida”gi qarori qabul qilindi. Hujjat bilan quyidagilar aholiga axborot-kutubxona xizmati körsatişni sifat jihatidan yanada rivojlantiriş sohasidagi asosiy vazifalar etib belgilandi:
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanişi va zamonaviy umumjahon tendensiyalarini hisobga olgan holda axborot-kutubxona faoliyatini isloh qiliş;
aholiga axborot-kutubxona xizmatlari körsatiş böyiça ijtimoiy kafolatlarni sifatli ta'minlaş hamda zamonaviy talablarni hisobga olgan holda, axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantiriş maqsadida normativ-huquqiy bazani takomillaştiriş;
hududlarda aholiga axborot-kutubxona xizmatlari körsatişni barqaror rivojlantirişga kömaklaşiş;
axborot-kutubxona muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş, şu jumladan yangi bino va inşootlarni quriş, mavjud binolarni rekonstruksiya qiliş, ularni zamonaviy uskunalar bilan ta'minlaş;
kutubxona sohasida davlat-xususiy şeriklikni, xususiy va elektron (virtual) kutubxonalar tarmoğini rivojlantiriş;
kutubxonalar faoliyatining samaradorligini va foydalanuvçilarga xizmat körsatiş (şu jumladan, pulli xizmat körsatiş) tezkorligini oşiriş uçun elektron kitoblar tarqatişga ixtisoslaşgan internet-resurslar bilan hamkorlikni kengaytiriş;
axborot-kutubxona muassasalari xavfsizligini hamda milliy va jahon madaniy merosining bir qismi sifatida axborot-kutubxona fondlarining yaxşi saqlanişini ta'minlaş;
jamiyatning axborot madaniyatini, tariximizga va milliy madaniyatga qiziqişini şakllantiriş va kuçaytiriş, mutolaa madaniyatini oşiriş va tarğib qiliş;












