Özbekistonning xalqaro «yumşoq»  imidjini belgilaşda qator omillar inobatga olinişi lozim. Milliy urf-odat va madaniyat, turizm obektlari va hududlari, transport tizimi, xususan, aeroport va albatta, talab darajasidagi vaqtinçalik turar joylar mamlakat qiyofasini zohiran yaratsa, ular orasida mehmonxona industriyasi alohida e'tibor beradigan yönaliş hisoblanadi. 

Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi 2019 yilning iyun holatiga köra, jami 1001ta joylaşiş vositalari (mehmonxona xizmatlari (joylaştiriş böyiça xizmatlar) körsatiladigan obektlar, jumladan, mehmonxonalar, turistik bazalar va majmualari, dam oliş uylari va zonalari, pansionat, kemping, motel, xostellar va boşqalar) mavjudligini ma'lum qilgan. Ulardan 800ga yaqini mehmonxonalar hisoblanadi.

Xöş, respublikada mehmonxona tizimi qanday işlaydi? Mijozlarning talabi töliq qondirilyaptimi? Mavzuda dolzarb masalalar: narx, xizmat körsatiş sifati, standartlaştiriş, kadrlar tayyorlaş kabilar muhokama etiladi.

«Sifatning pastligi faqat xizmat körsatuvçining aybi emas» 

Mehmonxona boşqaruvçisi Farruh Jörayev:

«Mehmon kutib olişda eng oddiy, köz ilğamas jihatga ham katta e'tibor beriş kerak. Mijoz aynan şu tarafiga diqqatini qaratadi. Agar u salbiy fikr bilan ketadigan bölsa, bu mehmonxona obrösiga putur yetkazadi. Toşkent şahrida mehmonxonalarda xizmat sifati nisbatan yaxşiroq, ammo viloyatlarda (turistlar oqimi past bölgan hududlar) ahvol aksinça. Ayrim mehmonxonalar sifati past mahsulotlardan foydalanişadi. Natijada, mehmonning «hafsalasi pir böladi». Aybni töliğiça xizmat körsatuvçining öziga yuklaş notöğri böladi. Ularda yetarliça malaka yöq. Mehmonxona boşqaruvini çuqur tuşunadigan mutaxassislar juda kam. Borlari ham yoki xorijga çiqib ketgan, yoki poytaxtda faoliyat olib boradi» .

Mehmonxona xizmatidan norozi bölganda kimga murojaat qiliş kerak?

Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi qoşidagi turizm xizmatlarini sertifikatlaştiriş markazi rahbari Nuriddin Islomov: