Joriy yilning 30 iyun kuni Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligida Birlaşgan Arab Amirliklarining Mubadala Utilities kompaniyasi rahbariyati, Osiyo taraqqiyot banki hamda Energetika vazirligi vakillari iştirokida muzokaralar bölib ötdi.
Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabariga köra, kun tartibidagi masala joriy yilning mart oyida BAAga oliy darajadagi taşrif doirasida erişilgan şartnomalar doirasida Tolimarjon IESni xususiylaştiriş böldi.


Uçraşuv davomida elektr stansiyalarni xususiylaştiriş va uning quvvatini yanada oşiriş konsepsiyasi taqdim etildi, şuningdek, mavjud huquqiy şartnomadagi kelişuv va loyihalarni amalga oşirişning moliyaviy mexanizmlari işlab çiqildi. Konsepsiya elektr stansiyaning iş faoliyati va texnik parametrlarini batafsil örganiş maqsadida delegatsiyaning Tolimarjon IESga oldingi işçi taşrifi davomida olingan ma'lumotlar asosida işlab çiqilgan.
Muzokaralar yakunida tomonlar kelgusidagi hamkorlikning asosiy masalalari böyiça yakdil fikrga kelişdi, deyiladi xabarda.
Qayd etilişiça, 2019 yil oxirigaça investitsiyaviy şartnoma imzolanişi rejalaştirilgan.












