Jahon | 17:57 / 01.07.2019
14638
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Yaqin Sharq bo‘yicha AQSh taklif qilgan "asr kelishuvi"ni qo‘llab-quvvatlamadi

Foto: Presidential Press Service via AP, Pool

Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an AQShning Isroil-Falastin muammosini barqarorlashtirish bo‘yicha tashabbusini qo‘llab-quvvatlamasligini bildirdi. Bu haqda Hurriet gazetasi xabar berdi.

"Biz bu tashabbusni hech qachon yaxshi deb hisoblamaymiz... Biz "Falastin yerlari sotilmaydi" deganmiz. Bu bizning pozitsiyamiz", - deya Erdo‘g‘andan iqtibos keltiradi gazeta.

AQSh kelishuvning iqtisodiy tomonini 23 iyunda ma'lum qildi. 

FATH Oq uyning “asr bitimi” deb atalayotgan ushbu rejasini “falastin xalqiga taklif qilinayotgan va arab pullariga asoslangan pora” deb atadi. Tashkilot AQShning taklifi haqiqatda mustaqil davlatni orzu qilayotgan falastinliklar umidlariga chek qo‘yadi, deb hisoblamoqda.

Falastinlik siyosatchilar, jumladan Falastin prezidenti va FATH raisi Mahmud Abbos bu taklifni rad etdi.

“Siyosiy yechim bo‘lmaguncha, masalaning iqtisodiy tomonini muhokama qilmaymiz”, deb aytgan Abbos. Unga falastinlik boshqa siyosatchilar ham qo‘shilishgan. Ularning ta'kidlashicha, falastinliklarga “AQSh pullari emas”, balki Isroil okkupatsiyasidan xalos bo‘lish talab etiladi va ko‘rinishicha, ushbu reja Isroil manfaatlari yo‘lida yaratilgan.  

Avvalroq Eron prezidenti Hasan Ruhoniy AQSh ilgari surayotgan "asr kelishuvi"ni Falastinning maqsadlarini yo‘q qilishga qaratilgan fitna deb atagandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid